Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov Xalqaro kurash assotsiatsiyasi (IKA) vitse-prezidenti etib saylandi. Bu haqda Sport vazirligini matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Abdujabbor Abduvohidov.

Abdujabbor Abduvohidov.
Foto: Xalqaro press-klub

11-aprel kuni Termiz shahrida Xalqaro kurash assotsiatsiyasi ijroqo‘mining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ijroqo‘m a’zolari kurashning vatani bo‘lgan mamlakat O‘zbekiston bilan o‘zaro aloqada bo‘lish uchun yangi IKA vitse-prezidenti lavozimini joriy etishga qaror qilgan.

IKA prezidenti Haydar Farman ushbu yangi tashkil etilgan lavozimga O‘zbekiston Prezidenti maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidovni tayinlashni taklif qildi. Kengash a’zolari ushbu taklifni bir ovozdan qo‘llab-quvvatlagan.

Foto: Sport vazirligi

Foto: Sport vazirligi

Xalqaro kurash assotsiatsiyasining ijroqo‘m yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirining o‘rinbosari Avazjon Karimov, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Ravshan Ermatov hamda MOQ bosh kotibi Oybek Qosimov ishtirok etdi.

Foto: Sport vazirligi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Qozog‘iston poytaxtida namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda (video)
Mahalliy
Qoraqalpog‘istonda YPX xodimi radar o‘rnatilgan mashinasida taksichilik qilgani aytilmoqda (video)
Sport
Iskandarov — eng yaxshi futbolchi, Kapadze — eng yaxshi murabbiy. O‘zbek futbolida 2022-yilning eng yaxshilari aniqlangan marosimdan fotoreportaj