Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Bukingem saroyi Qirolicha Yelizaveta II ning turmush o‘rtog‘i Edinburg gersogi, shahzoda Filippning vafot etganini ma’lum qildi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

“Qirolicha zoti oliyalari chuqur qayg‘u bilan sevimli turmush o‘rtog‘i Edinburg gersogi, shahzoda Filippning vafot etganini xabar qildi. Filipp zoti oliylari Vindzor qasrida bugun tongda vafot qilgan”, — deyiladi Bukingem saroyining Twitter’dagi sahifasida.

Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ning eri ikki oydan keyin 100 yoshni qarshilashi mumkin edi. 2020-yil noyabr oyida Yelizavetta II va shahzoda Filipp o‘z to‘ylari bo‘lib o‘tgan sananing 73 yilligini nishonlagan.

Foto: LETA

Foto: LETA

Shahzoda Filipp sog‘lig‘i yomonlashgani tufayli Bukingem saroyining rasmiy tadbirlarida 2017-yildan buyon ishtirok etmay kelayotgandi. U 2021-yilning fevral oyida shifoxonaga yotqizilgandi. Shahzoda Filipp u yerda bir oy davolangan va yuragini operatsiya qildirgan.

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson shahzoda Filippning vafot etgani munosabati bilan hamdardlik bildirgan va mazkur voqea sabab butun mamlakatning qirolicha bilan birga qayg‘uga cho‘mganini qayd etgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Virtual kartalar nima va ulardan qanday qilib to‘g‘ri foydalanish mumkin?
Dunyo
Twitter ofisida xodimlar uchun karavotlar paydo bo‘ldi, Ilon Mask avvalroq me’yoridan ortiqcha ish bo‘lishi haqida ogohlantirgandi
Mahalliy
Xorazmda ikki kishi is gazidan vafot etdi