• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Shina zavodining ishlab chiqarish quvvati pandemiya sabab tushib ketdi” — “O‘zkimyosanoat”

    “O‘zkimyosanoat” kompaniyasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari, “Milliy tiklanish” partiyasi rahbari Alisher Qodirovning Angrendagi “Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJ shina ishlab chiqarish zavodi quvvatining 15 foizida ishlayotgani to‘g‘risidagi xabariga munosabat bildirdi.

    Foto: “BRZ.uz”

    Foto: “BRZ.uz”

    “O‘zkimyosanoat”ning ma’lum qilishicha, Germaniya, Gollandiya, Italiya, Yaponiya va Xitoy kabi xorijiy mamlakatlarning eng zamonaviy uskuna va jihozlari asosida xorijiy kreditlar hisobidan 2019-yilda ishga tushirilgan “Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJ yillik 3 million dona avtomobil shinalari, 200 ming dona qishloq xo‘jaligi shinalari va 100 ming pogon metr konveyer lentalarini ishlab chiqarish quvvatiga ega.

    Ta’kidlanishicha, loyiha bo‘yicha korxona quvvatlarni o‘zlashtirish mahsulot sifatini ta’minlash maqsadida bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

    2019-yildan bugungi kunga qadar korxona tomonidan umumiy qiymati 266 milliard so‘m bo‘lgan 704,1 ming dona avtomobil shinalari, 16,9 ming dona qishloq xo‘jaligi shinalari va 72,9 ming pogon metr konveyer lentalari ishlab chiqarilgan.

    “O‘zkimyosanoat” matbuot xizmatining tasdiqlashicha, 2020-yilda ishlab chiqarish quvvatlarini o‘zlashtirish rejasi haqiqatda 40 foiz o‘rniga 15 foizni tashkil etgan. “Buning asosiy sababi koronavirus pandemiyasi davrida joriy etilgan cheklovlar oqibatida aksariyati xorijiy mamlakatlardan olib kelinadigan xomashyo va materiallarning importi cheklandi, ishlab chiqarishda to‘xtalishlar yuzaga keldi, mahsulot sotuvi pasaydi va aylanma mablag‘larning tanqisligiga olib keldi”, — deyiladi munosabatda.

    Bundan tashqari, Xitoyning LingLong kompaniyasi bilan General Motors korporatsiyasi talablari asosida mahsulotlarni va korxonani omologatsiyadan o‘tkazish uchun texnik ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma imzolash muddatining orqaga surilishiga olib kelgan.

    Natijada 2020-yil noyabr oyiga kelibgina Linglong kompaniyasi va milliy “Bars” brendi ostida shina ishlab chiqaruvchi “Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJ o‘rtasida korxona va mahsulotlarni General Motors korporatsiyasi talablariga muvofiq sertifikatlashda texnik ko‘mak berish va omolagatsiya bo‘yicha ishlarni amalga oshirish bo‘yicha 4 yil muddatli shartnoma imzolangan.

    Ushbu shartnoma avtomobil shinalari sifati va korxonaning tizimli faoliyati bo‘yicha 30 qismdan iborat AQShning General Motors korporatsiyasi tomonidan o‘rnatilgan BIQS talablari asosida UzAuto Motors AJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan avtomobillar uchun shinalar yetkazib berishni ta’minlaydi.

    “Hozirda korxona Xitoyning LingLong kompaniyasining texnik ko‘magi ostida mazkur talablarni bajarish bo‘yicha ishlarni yakuniga yetish arafasida turibdi va joriy yilning sentyabridan boshlab Damas avtomobillari uchun yil yakuniga qadar 60 ming dona avtomobil shinalarini yetkazib beriladi. 2023-yilga kelib esa UzAuto Motors AJga 7 turdagi 37,4 million dollar qiymatidagi 1,2 million dona avtomobil shinalari yetkazib berish rejalashtirilgan”, — deyiladi xabarda.

    2021-yilda korxona tomonidan umumiy qiymati 538,6 milliard so‘m bo‘lgan 1,6 million dona avtomobil shinalari, 30 ming dona qishloq xo‘jaligi shinalari va 73,5 ming pogon metr konveyer lentalari ishlab chiqarilishi va shu bilan birgalikda jami 47 turdagi yangi turdagi xaridorgir mahsulotlarni ishlab chiqarishga o‘zlashtirish rejalashtirilgan bo‘lib, ishlab chiqarish quvvatlarini o‘zlashtirish rejasi 40 foizga yetkaziladi.

    Shuningdek, 2021-yilda qiymati 581 ming dollarlik mahsulotlar eksporti rejalashtirilgan bo‘lib, hozirda “AvtoVAZ” (Rossiya) kompaniyasidan 10 ming dona va Giant Motors (Ozarbayjon) kompaniyasidan 76 ming dona avtomobil shinalari uchun buyurtma kelib tushgan.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    “Birinchi rezinotexnika zavodi”ning yagona ta’sischisi “O‘zkimyosanoat” hisoblanadi. Rahbar sifatida “O‘zkimyosanoat” boshqaruv raisi (2004—2010-yillar), bosh vazir o‘rinbosari (2010—2017-yillar), “O‘zbekneftgaz” boshqaruv raisi (2012—2018-yillar), Toshkent viloyati hokimi (2018—2019-yillar) va boshqa shu kabi lavozimlarda ishlagan G‘ulomjon Ibrohimov ko‘rsatilgan (1958-yilda tug‘ilgan).

    Avvalroq Alisher Qodirov zavod Xitoyning “Eksimbank”idan jalb qilingan 156,4 million dollar mablag‘ hisobiga barpo etilgani va u yiliga 3 million dona shina ishlab chiqarishi hamda shinalar UzAuto Motors’da import o‘rnini qoplashi kerakligini ta’kidlagandi. Biroq “sifatining yomonligi sabab” 100 ming shina sotilmay qolgan, bu davr oralig‘ida esa UzAuto Motors 60 million dollarlik avtorezinani import qilgan.

    2020-yilda Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi tomonidan shina zavodiga 40 milliard so‘m miqdorida birlamchi xarajatlarni qoplash uchun ssuda ajratilgan edi.

    Prezidentning 2020-yil 4-apreldagi farmoni bilan “Birinchi rezotexnika zavodi” MChJga berilgan Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining kreditlari “O‘zkimyosanoat”ning ustav kapitalidagi davlat ulushini oshirish orqali kapitallashtirildi.

    2020-yilning noyabrida deputat Doniyor G‘aniyev hukumatni neft va gaz dunyoda eng serdaromad sohalardan biri bo‘lishiga qaramasdan, “O‘zbekneftgaz”ga 400,9 milliard so‘m miqdorida “qaytarilmas” subsidiyalar bergani uchun tanqid qilgan edi. Moliya vaziri Timur Ishmetov esa “subsidiya berish neft va gaz sohasidagi ishlarning haqiqiy holatini ko‘rsatdi”, degandi.

    Bundan tashqari, hozirda shinalarning importi uchun 20 foiz, biroq donasiga 5 dollardan kam bo‘lmagan miqdorda boj to‘lash lozim.

    08.04.2021, 20:11   Izoh (0)   12028
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston davlat budjetiga 2021-yil birinchi choragida 36 trillion so‘m tushum tushgan

    08.04.2021, 19:46

    O‘zbekistonda tadbirkorlarga elektr energiyasini yetkazib berishda kamchilikka yo‘l qo‘ygan aybdorlarni ishdan olish bo‘yicha bosh vazirga taklif kiritib boriladi

    08.04.2021, 19:12

    Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov: “Viloyatda 1088 ta konteynerga talab bor”

    08.04.2021, 18:40

    O‘zbekistonda Ramazon oyining boshlanishi 13-aprel etib belgilandi

    08.04.2021, 18:28

    O‘zbekistonda chekka hududlardagi yer uchastkalarini 50 foizgacha chegirma bilan sotuvga qo‘yish tartibi ishlab chiqiladi

    08.04.2021, 18:14

    O‘zbekiston tashqi ishlar vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

    08.04.2021, 18:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35

    AQSHda Facebook’da Trampga tahdid qilgan erkak qamoqqa olindi

    Dunyo | 12 iyul, 21:35

    Sharfga o‘ralib qolgan raqqosa, bedarak yo‘qolgan bosh vazir — g‘ayrioddiy va shubhali tarzda halok bo‘lgan dunyo mashhurlari

    Dunyo | 12 iyul, 21:16

    Kortni Koks, Bella Hadid va boshqalar: plastik operatsiya qildirganidan afsuslangan Gollivud yulduzlari

    Kino | 12 iyul, 20:35

    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!

    Reklama | 12 iyul, 19:30

    JW: Yevropa Ittifoqi Ukrainaning yo‘qotilgan hududlarini qaytarib olishidan manfaatdor emas

    Dunyo | 12 iyul, 20:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.