“Real” himoyachisi Serxio Ramos “Barselona” hujumchisi Lionel Messi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Foto: The Sun

O‘tgan yillar davomida biz Messidan aziyat chekdik. Balki, “Barselona”da Messi bo‘lmaganida biz ko‘proq sovrin yutgan bo‘lardik.

Shunday vaqtlar bo‘lgan, biz tarixdagi eng yaxshi “Barselona”ga qarshi o‘ynaganmiz. Bizda Mourinyo kabi kuchli murabbiy bor edi, biroq ularni yutish qiyin edi. Biz ko‘p ham g‘alaba qozona olmasdik, juda asabiy o‘yinlar bo‘lardi, bu asabiylikni goh biz yaratardik, goh esa ular.

Serxio Ramos, “Real” himoyachisi

Ramos “Real” bilan besh bor Ispaniya chempionatida g‘olib chiqqan. Messi esa “Barselona” safida o‘n marta La Liga chempioniga aylangan.

Eslatib o‘tamiz, 10-aprel kuni “Real” va “Barselona” La Liga doirasida o‘zaro to‘qnash keladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!