Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining chorak final dastlabki o‘yinlari 6 va 7-aprel kunlari bo‘lib o‘tdi.
UEFA matbuot xizmati mazkur uchrashuvlardan keyin haftaning eng yaxshi o‘yinchisi nomiga da’vogarlarni e’lon qildi.
Nomzodlar bilan tanishing:
- Kevin de Bryuyne (“Manchester Siti”) — “Borussiya D”ga qarshi o‘yinda (2:1-) 1 gol va 82% uzatmalar aniqligi;
- Vinisius Junior (“Real”) — “Liverpul”ga qarshi bahsda (3:1) 2 ta gol;
- Kilian Mbappe (PSJ) — “Bavariya” qarshi uchrashuvda (3:2) 2 ta gol;
- Jorjinyo (“Chelsi”) — “Portu”ga qarshi bellashuvda (2:0) 1 ta golli uzatma va 94% uzatmalar aniqligi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)