Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Vyetnam Milliy Assambleyasi Nguyen Suan Fukni davlat rahbari etib sayladi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.

Nguyen Suan Fuk

Nguyen Suan Fuk
Foto: VGP

Nguyen Suan Fuk 2016-yildan beri bosh vazir sifatida faoliyat yuritib kelardi. Parlament vakillarining 97,5 foizi uning nomzodini qo‘llab-quvvatladi.

67 yoshli yangi prezident rus va ingliz tillarini yaxshi biladi. Hukumat rahbari lavozimiga tayinlanishidan oldin u bosh vazir o‘rinbosari va hukumat apparati rahbari lavozimlarida ishlagan. Bungacha u Milliy Assambleya a’zosi bo‘lgan.

Nguyen Suan Fuk Vyetnamning hukmron Kommunistik partiyasi markaziy qo‘mitasining bosh kotibi Nguyen Fu Chongdan keyingi prezident bo‘ldi. Nguyen Fu Chong 2016–2021-yillarda davlatni boshqarishi kerak bo‘lgan prezident Chang Day Kuangning vafotidan keyin 2018-yilda davlat rahbari sifatida ish boshlagan.

Shuningdek, janubi-sharqiy Yevropaning qisman tan olingan davlati — Kosovo Respublikasi parlamenti ovoz berishning uchinchi bosqichida Vyosa Osmanini mamlakat prezidenti etib sayladi. 

Associated Press ma’lumotlariga ko‘ra, 71 kishi Osmanini saylash uchun ovoz bergan. Kosovo parlamenti jami 120 kishidan iborat. Ikki muxolifat partiya va etnik serblarning manfaatlarini himoya qiluvchi partiya ovoz berishni boykot qildi.

Saylovlardan oldinroq AQSh va Fransiya elchilari deputatlarni o‘zaro ziddiyatlarni tugatish va yangi prezidentni saylash uchun ovoz berishga chaqirganiga qaramay, parlament besh soatlik muhokamalardan so‘ng kerakli 80 ta ovoz kvorumasini to‘play olmadi. 4-aprel kuni kvorum yig‘ildi, ammo ovoz berishning birinchi va ikkinchi bosqichida Osmani to‘plagan ovoz 80 taga yetmadi.

Osmani 2020-yilning noyabrida mamlakatning sobiq prezidenti Hoshim Tachi iste’foga chiqqanidan beri prezident vazifasini bajarib kelmoqda. Tachi harbiy va insoniyatga qarshi jinoyatlar ayblovlari bilan Gaaga sudida qatnashish uchun iste’foga chiqqan edi. Tachi shu yo‘l bilan mamlakatda “prezidentlik yaxlitligini himoya qilish uchun” qadam tashlayotganini aytgandi. Ilgari Osmani parlament spikeri bo‘lib ishlagan.

Ma’lumot uchun, Kosovo Respublikasi uzoq muddatli nizolardan so‘ng 2008-yilda Serbiyadan mustaqil bo‘lib chiqqanini e’lon qildi. BMTga a’zo davlatlarning 100 dan ortig‘i oxir-oqibat uning mustaqilligini tan oldi.

Avvalroq Tanzaniya sobiq vitse-prezidenti Samiya Suluhu Hasan mamlakat prezidenti sifatida qasamyod qilgani haqida xabar berilgandi. Shu tarzda Tanzaniya tarixida ilk bor ayol kishi prezidentlik lavozimini egalladi. Shuningdek, yanvar oyida Portugaliya prezidenti Marselu Rebelu de Souza o‘z lavozimiga qayta saylangan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Fransiyaning bir nechta shaharlari JCH—2022 ga boykot e’lon qildi
Dunyo
Lukashenko: “Biz Ukrainadagi maxsus operatsiyada qatnashyapmiz, lekin hech kimni o‘ldirmayapmiz”
Mahalliy
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi