• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Turkmaniston prezidenti Berdimuhamedov konstitutsiyaga zid ravishda parlament a’zosi etib saylandi

    Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov raisligida 29-mart kuni bir kun oldin bo‘lib o‘tgan parlamentning yangi palatasi — Xalq Maslahati uchun saylovlar natijasiga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Turkmaniston davlat axborot agentligiga tayanib, “Xronika Turkmenistana” xabar berdi.

    Foto: “Xronika Turkmenistana”

    Foto: “Xronika Turkmenistana”

    Turkmanistonda Saylov va referendumlarni o‘tkazish bo‘yicha markaziy komissiya raisi Gulmurad Miradov saylovlar haqiqiy deb topilganini aytdi va davlat rahbarini Milliy kengashning Xalq Maslahati palatasiga a’zo etib saylangani bilan tabrikladi.

    Xalq majlisining amaldagi raisi Gulshat Mammedova ham Berdimuhamedovni parlamentga saylangani bilan tabrikladi, uning so‘zlariga ko‘ra, saylovchilarning 100 foizi prezident nomzodiga ovoz bergan, shuningdek, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov va boshqa bosh vazir o‘rinbosarlari ham davlat rahbarini qutladi.

    Qayd etish joizki,  2020-yil sentabr oyida qabul qilingan yangi tahrirdagi Turkmaniston konstitutsiyasining 73-moddasiga muvofiq, prezident Turkmaniston Milliy Kengashining a’zosi yoki deputati bo‘lishi mumkin emas.

    Konstitutsiyaning yangi tahriri Adliya vazirligining veb-saytida hali chop etilmagan, ammo 2020-yil 26-sentabrda o‘zgartirishlar “Neytral Turkmaniston” gazetasida e’lon qilingan.

    Milliy Kengash — parlamentning umumiy nomi, u ikki palatadan - Xalq Maslahati va Xalq Majlisidan iborat.

    Bundan ko‘rinib turibdiki, hozirgi davlat rahbari na Majlis deputati va na Xalq Maslahati a’zosi bo‘lishi mumkin. Konstitutsiyaning 78-moddasi barcha sobiq prezidentlarga yangi palatada o‘ringa ega bo‘lishni kafolatlaydi, ammo Berdimuhamedov hali o‘z lavozimini tark etmagan.

    Shuningdek, 87-modda Xalq Maslahati a’zolari va Xalq Majlisi deputatlariga bir vaqtning o‘zida Vazirlar Mahkamasi a’zosi lavozimini egallashni taqiqlaydi, Berdimuhamedov esa bunga zid ravishda Vazirlar Mahkamasining raisidir.

    Ma’lumot uchun, Xalq Maslahati 56 a’zodan iborat. Ulardan 48 nafari beshta viloyat va Ashxobod shahri tomonidan, yana 8 nafari prezident tomonidan tayinlanadi. 8-martgacha davom etgan ro‘yxatga olishdagi 111 nomzod orasida amaldagi prezident bo‘lmagan. Biroq davlat axborot agentligi hisobotida 112 nomzod tilga olingan. Ya’ni, Berdimuhamedov boshqa nomzodlar ro‘yxati e’lon qilinganidan keyin ro‘yxatdan o‘tgan yoki u o‘z nomzodini o‘zi ko‘rsatgan.

    Eslatib o‘tamiz, Turkmanistonda 28-mart kuni birinchi marta parlamentning yuqori palatasi — Xalq Maslahati uchun saylovlar bo‘lib o‘tdi.

    Avvalroq Saylov va referendumlar bo‘yicha markaziy komissiya 111 nafar nomzodni ro‘yxatdan o‘tkazgani haqida xabar qilingan. Nomzodlarning 16 nafari Ashxobod shahar va viloyati xalq maslahati (xalq kengashlari) tomonidan ko‘rsatilgan.

    Saylov kampaniyasi 8—27-mart kunlari bo‘lib o‘tdi. “Xronika Turkmenistana” mamlakatda saylovlar bilan bog‘liq birorta siyosiy faollik sezilmaganini ma’lum qildi.

    Ma’lumot uchun, mamlakat hayotiga bag‘ishlangan “Buyuk yutuqlar xronikasi”ning 2019-yilda chop etilgan 13-tomida Xalq Maslahati yig‘ilishi (o‘sha paytda u maslahatchi organ edi)da ikki palatali parlament yaratishning taklif qilinishi yilning asosiy hodisasi deya qayd etilgan. 2021-yilda Turkmanistonda ikki palatali tizim joriy qilindi.

    Mavzuga doir:

    • Turkmanistonda “Xalq itboqari” va “Xizmat ko‘rsatgan itboqar” unvonlari ta’sis etildi
    • Turkmaniston prezidenti hashar doirasida vazirlar bilan birga ko‘chat ekdi (foto)
    • Turkmaniston prezidenti poytaxtning yubileyi kuni tug‘ilgan birinchi chaqaloqqa Ashxobod deb ism qo‘yishni buyurdi

    30.03.2021, 19:33   Izoh (0)   33032
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Tanzaniya prezidentining dafn marosimida yuz bergan tiqilinchda 45 kishi halok bo‘ldi

    30.03.2021, 18:35

    Jo Bayden Kim Chen In bilan uchrashmoqchi emas — Oq uy

    30.03.2021, 15:58

    Qozog‘iston poytaxti Nur-Sultonda karantin cheklovlari kuchaytirildi

    30.03.2021, 15:34

    Suvaysh kanali bo‘ylab kemalar qatnovi tiklandi. Bo‘lib o‘tgan hodisada Ever Given kemasi kapitani aybdor qilinmoqda

    30.03.2021, 14:57

    Kanada va Avstraliya Qrim sababli Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar e’lon qildi

    30.03.2021, 13:56

    Turkiyada yana komendantlik soati joriy qilindi, Pokiston prezidenti vaksinaning birinchi dozasidan keyin COVID-19’ga chalindi, Isroilda yangi shtamm aniqlandi. Ko...

    30.03.2021, 10:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30

    “Ikki marta ko‘rgan insonimga turmushga chiqqanman”. Shahzoda Muhammedova oilasi, farzandlari va biznesi haqida gapirdi

    Shou-biznes | 9 iyul, 23:25

    Toshkent 20 yildan keyin qay ko‘rinishda bo‘ladi? Prezidentga yangi reja taqdim etildi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:50

    The Guardian: Grok sun’iy intellekti natsistga aylandi va o‘zini MexaGitler deb atadi

    Dunyo | 9 iyul, 22:45

    O‘zbekistonga go‘sht importi keskin ko‘paydi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.