• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkent viloyati sobiq bosh infeksionisti Guljahon Yo‘ldoshevaga sud hukmi o‘qildi

    Jinoyat ishlari bo‘yicha Chirchiq shahar sudida 5-aprel kuni Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi sobiq bosh shifokori Guljahon Yo‘ldoshevaga va boshqalarga nisbatan ochilgan jinoyat ishini ochiq sud majlisida ko‘rish yakunlanib, sud hukmi e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    Xabarda aytilishicha, sud Guljahon Yo‘ldoshevani Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 2-qismi “a”, “b”, “v”, “g” bandlari, 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) 3-qismi “a” bandi va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topdi.

    Unga 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilib, 4 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

    Jinoyat kodeksining 62-moddasiga asosan, Guljahon Yo‘ldosheva 2020-yil 8-sentabrda ushlanib, sud hukmi chiqarilgan kun, ya’ni 2021-yil 5-aprelga qadar unga nisbatan qamoqqa olish va uy qamog‘i ehtiyot choralari qo‘llanilganini inobatga olib, tayinlangan ozodlikni cheklash jazosi muddatidan 6 oy 27 kun chiqarildi. Natijada Guljahon Yo‘ldoshevaga tayinlangan ozodlikni cheklash muddati 3 yil 5 oy 3 kunni tashkil qildi, shu bilan birga, u 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatiladigan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilindi.

    Ozodlikni cheklash doirasida Guljahon Yo‘ldoshevaga sutkaning soat 22:00 dan 06:00 gacha bo‘lgan vaqtida yashash joyidan chiqishi taqiqlandi. Unga, shuningdek, Chirchiq shahar IIB probatsiya guruhining ruxsatisiz yashash joyini o‘zgartirish va undan chiqib ketish taqiqlanadi.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    Yana bir sudlanuvchi Shahnazar Ro‘zmetov (Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi shifokori) Jinoyat kodeksining 116-moddasi (kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) 3-qismi hamda 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) 2-qismi “a”, “b” bandlari va 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi va unga bir yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilib, 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

    Jahongir Ziyodullayev (Toshkent viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi shifokori)ga qo‘yilgan ayblovlardan 228-moddasi 3-qismi (hujjatning qalbaki ekanligini bila turib, undan foydalanish) olib tashlandi. Shu bilan birga, u Jinoyat kodeksining 116-moddasi 3-qismi (kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik odamlar o‘limiga sabab bo‘lishi) va 28,228-moddasi 2-qismi “b” bandida (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi va 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilib, 3 yil 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

    Alisher Dadamatov (Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi sobiq bosh hisobchisi)ga qo‘yilgan ayblovlardan 25,167-moddasi 3-qismi “a” bandi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan juda ko‘p miqdorda talon-toroj qilish) olib tashlandi. Shu bilan birga, u Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi “b”, “v”, “g” bandlarida (mansab mavqeyini suiiste’mol qilish yo‘li bilan bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib takroran o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilib, oylik ish haqining 20 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 2 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

    Janar Akimova (Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi sobiq bosh hisobchisi vazifasini bajaruvchi) Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi “b”, “v”, “g” bandlarida (mansab mavqeyini suiiste’mol qilish yo‘li bilan bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib takroran o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilib, oylik ish haqining 15 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 2 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

    Eslatib o‘tamiz, koronavirusga chalingan bemor o‘limi va 250 million so‘m budjet mablag‘larini talon-toroj qilganlikda ayblanib, qamoqqa olingan Toshkent viloyati bosh infeksionisti Guljahon Yo‘ldoshevaga nisbatan jinoyat ishi 2020-yil 11-avgustda Chirchiq shahar prokuraturasi tomonidan qo‘zg‘atilgan. 8-sentabrga kelib, ehtiyot chorasi sifatida ayblanuvchi qamoqqa olingan edi.

    Uning qamoqqa olinishi jamoatchilik o‘rtasida keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Bir qator davlat va nodavlat tashkilotlarning rahbarlari, xususan, Senat raisi Tanzila Norboyeva, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari, gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiya a’zosi Saida Mirziyoyeva mazkur hodisaga munosabat bildirib, prokuraturani shifokorga nisbatan qo‘llanilgan ehtiyot chorasini o‘zgartirishga chaqirgan. Shundan so‘ng Guljahon Yo‘ldosheva 6-oktabr kuni uy qamog‘iga o‘tkazilgandi.

    Guljahon Yo‘ldosheva va boshqalarga nisbatan sud jarayonlari 2020-yil 27-noyabr kuni boshlangan edi. Prokuror suddan Toshkent viloyati bosh infeksionisti Guljahon Yo‘ldoshevani 5 yilga ozodlikdan cheklashni so‘ragandi.

    05.04.2021, 21:26   Izoh (0)   99472
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarifni qabul qildi

    05.04.2021, 20:43

    O‘zbekiston aeroportlarida asosiy yig‘im va tariflar 27 foizga pasaytirilmoqda

    05.04.2021, 20:09

    Toshkent shahar ma’muriy sudi sobiq sudyasi va sud xodimlariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha bayonot berildi

    05.04.2021, 19:51

    Nukusda yigit o‘ziga tanish bo‘lgan qiz va uning yonidagi bolani pichoqlab qo‘ydi. Qiz shifoxonada vafot etdi

    05.04.2021, 19:11

    Yana bir fuqaroning o‘ligi Yunusobod IIB idorasidan chiqqani aytilmoqda. Holat yuzasidan izoh berildi

    05.04.2021, 18:46

    “Uchta qo‘yimni bo‘g‘izlab ketgan”. Kasbida yashovchi aholi tuman mas’ullari inkor etgan maxluq hamon ularga zarar yetkazayotganini, mas’ullar buni inkor etishdan

    05.04.2021, 18:22
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent ko‘chalaridan biri avtomobil va yo‘lovchilar uchun bir oyga yopiladi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 00:23

    Nepalda onlayn firibgarlik va jinoyatchilik ko‘payishi sababli Telegram bloklandi

    Dunyo | 18 iyul, 23:57

    Qirg‘iziston Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaralar tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

    Dunyo | 18 iyul, 23:30

    O‘zbekistonda sudlar tomonidan oqlangan shaxslar soni 2,5 baravar kamaydi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 23:11

    Yaponiyada qotillikda ayblanib, 39 yil qamoqda o‘tirgan erkak aybsiz deb topildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:50

    Tramp, Putin va Si Szinpin sentyabrda Xitoyda uchrashishi mumkin — The Times

    Dunyo | 18 iyul, 22:35

    Tramp The Wall Street Journal ustidan sudga murojaat qilish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.