O‘zbekistonning shimoliy hududlariga 6-aprel kuni Eron hududlaridan iliq va quruq havo massalari kirib kelishi boshlanadi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.

Foto: “Daryo”

Xabarga ko‘ra, mamlakat bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kunduzi havo harorati 18-20 daraja iliqqacha isiydi va me’yoriy qiymatlarga yaqinlashadi.

7—9-aprel kunlari iliq havo massalari O‘zbekistonning barcha hududlariga tarqaladi. Asosan, kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Markaziy, sharqiy hududlarda kunduzgi havo harorati 23-26 daraja iliqqacha, shimolda va janubda 27-32 daraja iliqqacha asta-sekin ko‘tariladi, bu o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 2-3 darajaga ko‘pdir.

5—9-aprel kunlari Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida 1600 metrdan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor.