Shotlandiyada Lili ismli gitarachi “Forsaj”ning oltinchi qismini tomosha qilayotib g‘alati kadrni payqab qoldi — unda Vin Dizel va Dueyn Jonson bir necha soniyaga bolalarga aylanib qolgan, deb yozadi Meduza.
Ushbu sahnada Diplomatik xavfsizlik xizmatining sobiq xodimi Lyuk Xobbs noqonuniy poygachi va jinoyatchi Dominik Torettoning oldiga keladi. Sujet bo‘yicha Toretto va Xobbs bir-biriga dushman, biroq film oxirida, aynan ushbu epizodda barchasi yarashuv bilan yakunlanadi.
Sahnada qahramonlar bir-birga qarama-qarshi turadi. Xobbs sobiq raqibi tomon bir qadam tashlaydi va bahaybat Dizelning fonida yosh bolaga aylanadi. Shundan so‘ng tasvir boshqa rakursdan ko‘rsatiladi va Dizelning boshi ulkan Dueyn Jonsonning fonida kichkina bo‘lib qoladi.
watched fast and furious 6 last night and absolutely cannot stop thinking about the weird perspective in this scene pic.twitter.com/NHBmVkfBkf
— lily frew ! (@lilyeIiz) March 31, 2021
Bunga bir nechta tushintirishlar bo‘lishi mumkin
Birinchidan — bu Xobbs va Toretto baribir do‘st bo‘lmaganini ko‘rsatish uchun operator yoki rejissor tomonidan o‘ylab qilingan ish;Ikkinchidan — Dizel va Jonson suratga olish vaqtida o‘zaro janjallashib qolgan va shunday buyon birgalikda biror sahnada ko‘rinish bermagan (rolikda ular aslida bir-birining ko‘ziga qaramayotganini ko‘rish mumkin);
Uchinchidan — bo‘ydagi farq. Jonson bo‘yining balandligi — 196 santimetr, Dizel esa 178 santimetr. Aftidan, Dizel, rejissor yoki prodyuser kadrda aktyor ulkan Jonsondan kichik ko‘rinishini xohlamagan. Chunki ularning qahramonlari bir-biriga xavf tug‘dirishi kerak. Shu sababli operator Dizel va Jonsonni shunday rakursdan suratga olishi kerak bo‘lganki, ularning biri ikkinchisidan sezilarli darajada katta ko‘rinishi kerak bo‘lmagan. Natijada ularning ikkisi ham o‘smir bolalarga aylanib qolgan.