Futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasining 27-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar 3-aprel, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.
“Bavariya” “Leypsig” maydoniga safar qilib, kichik hisobdagi g‘alabani tantana qildi. Myunxen klubiga g‘alaba keltirgan yagona gol Leon Goretska tomonidan 38-daqiqada urildi.
“Borussiya D” o‘z maydonida “Ayntraxt F”ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. 11-daqiqada Dortmund klubi himoyachisi Niko Shults o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. 44-daqiqaga kelib Mats Hummels muvozanatni tikladi. Uchrashuvning asosiy vaqti tugashiga 3 daqiqa qolganida esa Andre Silva o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ygan holda jamoasiga g‘alaba keltirdi.
“Bayer” esa 2:1 hisobida “Shalke-04”dan ustun keldi. Uchrashuvdagi gollar Lukas Alario, Patrik Shik va Klas-Yan Huntelar hisobiga yozildi.
27-turdan keyin “Bavariya” 64 ochko bilan musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda. “Leypsig” 57 ochko bilan 2-o‘rindan joy olgan. “Borussiya D” esa (43) 5-o‘rinni band etgan.
Bundesliga
27-tur bahslari
3-aprel, shanba
“Leypsig” — “Bavariya” 0:1
Gol: 0:1 — 38 Goretska.“Leypsig”: Gulachi, Mukiyele, Orban, Klostermann, Upamekano, Aydara (Serlot, 74), Zabitser, Olmo (Poulsen, 73; Konate, 88), Adams (Hvan Chxan, 82), Nkunku, Forsberg (Klyuyvert, 46).
“Bavariya”: Noyer, Pavar, Alaba, Zyule, Lyuka Ernandes, Goretska (Musiala, 72), Kimmix, Shupo-Moting, Myuller, Koman (Gnabri, 72), Sane (Xavi Martines, 81).
Ogohlantirishlar: Mukiyele (26), Kimmix (33), Zabitser (38), Upamekano (61), Lyuka Ernandes (81).
“Borussiya D” – “Ayntraxt F” 1:2
Gollar: 0:1 – 11, avtogol Shults, 1:1 – 45 Hummels, 1:2 – 87 Andre Silva.“Borussiya D”: Hits, Hummels, Akanji, Shults (Reynyer, 80), Azar (Knauff, 63), Gerreyru, Dileyni, Bellinghem (Daud, 56), Jan, Holand, Roys (Reyna, 80).
“Ayntraxt F”: Trapp, Durm (Chendler, 74), Ilzanker, Ndika, Tuta, Kostich, Rode (Barkok, 88), Sou, Yunes (Kamada, 46), Andre Silva (Suber, 89), Yovich.
Ogohlantirishlar: Kostich (25), Sou (33), Rode (76).