So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12212.07
    • RUB 127.16
    • EUR 12992.42
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Dunyo

    Fransiyada umummilliy karantin joriy qilindi

    03.04.2021, 21:15 22936

    Fransiya prezidenti Emanuel Makron mamlakatning barcha hududlarida to‘rt haftalik karantin joriy qildi. Bu haqda Makronning aholiga qilgan murojaatnomasiga tayanib, France24 telekanali xabar berdi, deb yozmoqda “RBK”.

    Foto: Global Look Press

    Foto: Global Look Press

    Koronavirus bilan kasallanish holatlarining keskin ko‘paygani karantinning qayta joriy etilishiga asosiy sabab bo‘ldi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilot (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, Fransiyada 20-yanvarda 23 347 kishida, 20-fevralda 23 170 kishida koronavirus aniqlangan, mart oyining o‘rtalaridan boshlab bu ko‘rsatkich o‘sa boshlagan: 12-martda 27 166 kishida, 17-mart kuni 29 145 kishida, 26-mart kuni 45 401 kishida koronavirus qayd etilgan. 1-aprel kuni esa bu ko‘rsatkich 58 828 nafarga yetdi.

    “Virus nafaqat yuqumli, balki o‘ta xavfli ham”, — dedi davlat rahbari va “hozir jonlantirish bo‘limidagi bemorlarning 44 foizi 65 yoshdan kichik” ekanini ta’kidladi.

    Fransiyada karantin sababli joriy qilingan chora-tadbirlar:

    • mamlakatning barcha hududida soat 19:00 dan komendantlik soati yo‘lga qo‘yildi;
    • xodimlarning imkon boricha masofaviy ish tartibiga o‘tishi belgilandi;
    • bolalar bog‘chasi, maktab va kollejlarning faoliyati uch haftaga to‘xtatildi, talabalar haftada bir marta universitetga borishi mumkin;
    • birlamchi ehtiyoj mahsulotlarini sotmaydigan do‘konlar yopildi, kitob va musiqa do‘konlari, shuningdek, xo‘jalik mahsulotlari do‘konlari bundan mustasno. Sartaroshxonalar ham faoliyatini davom ettiradi;
    • izolyatsiya hududidan jiddiy sabablarsiz 10 kilometrdan ortiq masofaga chiqish taqiqlanadi; fransiyaliklar bir hududdan boshqa hududga faqat Pasxa bayramida borishi mumkin.
    Shuningdek, Makron o‘zining Twitter sahifasida tez orada jonlantirish bo‘limlarida o‘rinlar soni 10 mingtagacha oshirilishi, bu esa tibbiyot muassasalarida og‘ir kasallar ko‘payishining oldini olishi haqida yozdi.

    Avvalroq Fransiyaning 19 ta hududida karantin choralari joriy qilingan edi. Ular orasida poytaxt hududida joylashgan Il-de-Frans, Lion va mamlakatning boshqa mintaqalaridagi shaharlar ham bor edi. Davlat tarkibiga jami 101 ta hudud kiradi, ulardan beshtasi Fransiyaning asosiy hududidan uzoqda, dengiz bo‘yida joylashgan. Mamlakat bo‘ylab 19:00 dan 06:00 gacha komendantlik soati joriy qilingan, shuningdek, barlar, restoranlar, muzeylar, kinoteatrlar va odamlar yig‘iladigan boshqa joylar faoliyati to‘xtatilgan.

    Jons Hopkins universitetining ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda Fransiya koronavirus bilan kasallanganlar soni bo‘yicha dunyoda to‘rtinchi o‘rinda turibdi. Pandemiya boshidan buyon 4,7 million aholida koronavirus aniqlandi, 95 mingdan ortiq bemor vafot etdi. 1-aprel kuni mamlakatda 58 828 kishida koronavirus aniqlandi, 299 kishi vafot etdi.

    Avvalroq Fransiya prezidenti Rossiya va Xitoyning COVID-19’ga qarshi vaksinalar yetkazib berish sohasidagi harakatlari tufayli Yevropa yangi turdagi jahon urushiga duch kelganini aytgan edi. Uning fikriga ko‘ra, Yevropa mamlakatlari vaksinalar masalasida boshqalarga qaram bo‘lmaslik uchun zarur choralarni ko‘rishi kerak.

    Shuningdek, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron aholini koronavirusga qarshi emlash imkoniyatlarini maksimal darajada oshirishga chaqirdi. Emlash markaziga tashrifi davomida Makron vaksinatsiya “maksimal” bo‘lishi va haftaning yetti kunida “ertalab, tushdan keyin va kechqurun” o‘tkazilishi kerakligini aytdi.

    Parij shahrining chekkasida joylashgan mamlakatdagi eng yirik Stade de France sport arenasida esa koronavirusga qarshi emlash jarayoni olib boriladigan katta ko‘lamli vaksinatsiya markazi tashkil etilishi ma’lum qilindi.

    U yerda vaksinatsiya karantin tufayli yopilgan stadionga jamoatchilik kirishi uchun ruxsat berilganidan keyin — aprel oyining boshida start olishi kutilmoqda. Mahalliy hukumat vakilining ta’kidlashicha, bu haftasiga 10 ming kishini vaksina bilan ta’minlovchi haqiqiy “vaksinadrom” bo‘ladi.

    Mavzuga doir: Yevropa Ittifoqida 15-iyundan vaksinatsiya pasportlari joriy qilinadi

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Kim birovga choh qazisa, o‘zi tushadi”. Sobiq Akfa universiteti rektori Central Asian University’dagi mojaro haqida

    Bugun, 15:35

    Uy interneti Beeline mobil tarmog‘i orqali

    Bugun, 13:30
    Reklama

    Ashxobod va Seul temiryo‘l sohasida hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda

    Bugun, 15:10

    Osiyo o‘yinlari. O‘zbekiston Gongkong ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi

    Bugun, 14:56

    Mashhur insonlarning onalari kim va ular hozirda qanday yashaydi? (foto)

    Bugun, 14:46

    Xitoy kompaniyasi 10 mln dollarga Andijonda qalampirni qayta ishlash loyihasini ishga tushiradi

    Bugun, 14:44

    Xanchjou—2022. Murodjon Yo‘ldoshev Osiyo o‘yinlari g‘olibiga aylandi

    Bugun, 14:22

    Qozog‘istonda xalqaro qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonliklar qo‘lga olindi

    Bugun, 14:10

    Vengriyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

    Bugun, 13:58

    O‘zbekistonda ko‘kyo‘tal kasalligi bo‘yicha epidemiologik vaziyat haqida ma’lumot berildi

    Bugun, 13:52

    Nima sababdan chaqaloqlar tunda yaxshi uxlamaydi?

    Bugun, 13:44

    Tavsiya etamiz

    Rekord o‘rnatgan ayollar, oq tovuqlar so‘yiladigan marosim, 213 yilligini nishonlayotgan davlat — hafta suratlari

    22:00 / 24.09.2023

    “Birinchi raqamli davlat dushmani”: Atlantika uzra yolg‘iz parvoz, o‘lgan o‘g‘il uchun to‘lov va natsistlar qaramog‘iga tushgan afsonaviy uchuvchi — Charlz Lindber...

    22:00 / 23.09.2023

    “Kasallangan bolalarning 143 nafari tuzalgan”. Vazir o‘rinbosari Namangandagi zaharlangan bolalar soniga aniqlik kiritdi

    15:00 / 23.09.2023

    Bosh vazir iste’fosini talab qilayotganlar, sotuvga chiqqan iPhone 15, AQSHga kelayotgan rekord darajadagi migrantlar — 22-sentabr suratlari

    22:00 / 22.09.2023

    MOLIYA

    Pul

    “Oltin vasvasasi”: Nima uchun Markaziy Osiyo davlatlari oltinga pul tikmoqda?

    17:00 / 22.09.2023

    Oltinga investitsiya kiritish ishonchlimi?

    20:00 / 21.09.2023

    O‘zbekiston uran qazib olish bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinda. Asosiy ko‘rsatkichlar

    16:00 / 15.09.2023

    Mehnat daftarchasi yo‘qolsa, qanday qilib pensiyaga chiqish mumkinligi tushuntirildi

    14:00 / 09.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    Instagram: Luiza Rasulova Istanbuldan uy oldi, Yulduz Usmonovaning mum haykali ochildi, Rayhonning “Humo arena”dagi konserti qoldirildi

    22:00 / 24.09.2023

    O‘zbekistonda 25-sentabr kuni qanday ob-havo bo‘ladi?

    10:00 / 24.09.2023

    Zelenskiyning qo‘riqchisi Nyu-Yorkda mushtlashdi — OAV (video)

    23:00 / 24.09.2023

    “Putin atrofidagilar bosib olingan hududlardan qo‘shinlarni olib chiqishni o‘ylamoqda” — siyosatchi

    19:00 / 24.09.2023

    Toshkentda poyezd ustida selfi qilmoqchi bo‘lgan 18 yoshli yigitni tok urdi

    09:00 / 24.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?