• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Dunyoda koronavirusga chalinganlar soni qariyb 130 millionga yetdi. Braziliya kasallik o‘chog‘iga aylandi

    Pandemiya boshidan beri to 2-aprel, juma kuniga qadar butun dunyoda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 129 737 943 ta holat qayd etildi. Bu haqda Amerikaning Jons Hopkins universiteti ma’lumotlarida keltirilgan.

    Foto: aa.com.tr

    Foto: aa.com.tr

    Universitet ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab COVID-19 bilan kasallanish oqibatidagi o‘lim soni 28 298 632 taga o‘sgan, 104 millionga yaqin bemor kasallikdan tuzalgan.

    AQSh kasallanganlar va vafot etganlar sonining ko‘pligi bo‘yicha yetakchi bo‘lib qolmoqda. Mamlakatda 30 million 540 ming kishida COVID-19 aniqlangan, 553 140 ta o‘lim qayd etilgan. Bemorlarning 23 millionga yaqini sog‘aygan.

    Virusga chalinganlar soni bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda Braziliya turibdi. Mamlakatda pandemiya boshidan beri 12 839 844 kishi infeksiyani yuqtirib olgan, shulardan 325 284 nafari vafot etgan, 11 milliondan ortig‘i kasallikdan sog‘aygan.

    Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Braziliyani koronavirus epitsentriga aylangan mamlakat deb e’lon qildi. Tashkilot epidemiologi Mariya van Kerxovning so‘zlariga ko‘ra, Braziliya koronavirus bilan bog‘liq o‘ta og‘ir vaziyatni boshdan kechirmoqda, mamlakat shifoxonalari COVID-19 bilan og‘rigan bemorlarga liq to‘la.

    Shuningdek, Ukrainada bir sutkada COVID-19’ga chalinganlar soni rekord darajaga yetdi. Ukraina Sog‘liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, mamlakatda o‘tgan bir kecha-kunduzda infeksiyani yuqtirish bo‘yicha 19 893 ta yangi holat qayd etilgan.

    Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kuzatuv tizimining ma’lumotlariga ko‘ra, bu pandemiya boshidan beri kuzatilgan eng yuqori sutkalik ko‘rsatkich bo‘lib, undan avvalgi antirekord 26-mart kuni qayd etilgan edi (18 132 ta holat).

    “Ukrainada 2021-yil 2-aprel holatiga ko‘ra, COVID-19’ga chalinish bo‘yicha 19 893 ta yangi holat aniqlandi. Xususan, 834 nafar bola va 484 nafar tibbiyot xodimi infeksiyani yuqtirib olgan”, - dedi sog‘liqni saqlash vaziri.

    Vazirning ta’kidlashicha, o‘tgan kun davomida 5040 kishi kasalxonaga yotqizilgan, 433 ta o‘lim qayd etilgan va 10 287 kishi kasallikdan sog‘aygan. O‘tgan kun davomida 19 097 kishi koronavirusga qarshi emlanib, vaksina olganlarning jami soni 268 ming kishini tashkil qilgan.

    Umumiy hisobda pandemiya boshlanganidan beri Ukrainada 1 million 711 ming kishi infeksiyaga chalingan, ulardan 33 679 nafari vafot etgan va 1 milliondan ortig‘i sog‘aygan. Mamlakatda virus yuqtirish holatlarining eng ko‘pi Lvov (1668), Odessa (1608), Xarkov (1494), Xmeln (1351) va Dnepropetr (1178) viloyatlarida qayd etilgan.

    Ma’lumot uchun, dunyo bo‘ylab virusga chalinganlarning umumiy soni 16-martda 120 milliondan, 7-fevral kuni 105 milliondan, 13-fevral kuni 108 milliondan, 18-fevral kuni 110 milliondan oshgandi.

    Mavzuga doir: 

    • Yevropada koronavirusdan vafot etganlar xotirasiga bir daqiqalik sukut saqlanadi
    • Dunyo bo‘yicha koronavirusga qarshi emlanganlar soni kasallanganlar sonidan oshib ketdi

    02.04.2021, 20:47   Izoh (0)   16416
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Jo Bayden AQShni Ikkinchi Jahon urushidan keyingi eng yirik modernizatsiya rejasini e’lon qildi. Transport, kommunikatsiyalarni yangilash va innovatsiyalar uchun 2...

    02.04.2021, 19:23

    Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti pandemiya sharoitida Ramazon oyini o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar berdi

    02.04.2021, 15:12

    Suvaysh kanalini to‘sib qo‘ygan Ever Given kemasining egasi ishni sudga oshirmaslik uchun zararni qoplab bermoqchi

    02.04.2021, 14:57

    Rossiya Oliy sudi niqob rejimini bekor qilishni rad etdi. Da’vogarlarning bir qismi niqob taqmagani uchun sudga kiritilmadi

    02.04.2021, 12:46

    Myanmada harbiylar 2 oy ichida 40 dan ortiq bolani o‘ldirgan, eng kichik qurbon 6 yoshda bo‘lgan

    02.04.2021, 11:59

    Dunyoda COVID-19 bilan kasallanish rekord darajada o‘sdi, pandemiya 2021-yilda tugamaydi, Isroilda COVID-bo‘limlar yopilyapti. Koronaxabarlar

    02.04.2021, 10:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” videoreportaji: Ozodbek Nazarbekov Namanganda katta sahnaga qaytdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 00:10

    Tailandda budda rohibi o‘z hamkasbini otib o‘ldirdi

    Dunyo | 30 iyun, 23:55

    Shahrisabzda ikkita do‘kon yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:40

    Britaniyada ChatGPT tufayli ish o‘rinlari bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ldi

    Dunyo | 30 iyun, 23:25

    Yaponiyada qora ayiq tufayli aeroport faoliyati to‘xtab qoldi (video)

    Dunyo | 30 iyun, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:00

    “Operachi bo‘lish oson emas” — Aqlbek Piyazov italyan tilini o‘rgangani, musofirchilikdagi hayoti va eng ko‘p olgan gonorari haqida gapirdi (foto, video)

    Shou-biznes | 30 iyun, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.