Professional futbol ligasi (PFL) Superliganing mart oyidagi eng yaxshilarini nomini e’lon qildi.
“Paxtakor” bosh murabbiyi Piter Hyuistra mart oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Niderlandiyalik mutaxassis qo‘l ostidagi jamoa mart oyidagi uchta o‘yinda uchta g‘alaba qayd etdi.
Ushbu sovrin uchun shuningdek, quyidagi murabbiylar kurash olib borgandi:- Ulug‘bek Baqoyev (“So‘g‘diyona”) — 3 ta o‘yin, 2 g‘alaba, 1 durang;
- Baxtiyor Ashurmatov (“Qo‘qon-1912”) — 3 o‘yin, 1 g‘alaba, 2 durang;
- Hamidjon Aktamov (“Qizilqum”) — 3 o‘yin, 1 g‘alaba, 2 durang;
- Viktor Jalilov (“Navbahor”) — 2 o‘yin, 1 g‘alaba, 1 durang.
“Paxtakor” himoyachisi Ibrohimxalil Yo‘ldoshev esa oyning eng yaxshi o‘yinchisi nomiga loyiq ko‘rilgan. Qanot himoyachisi mart oyidagi uch o‘yinda ikkita gol muallifiga aylangandi.
Mazkur sovrin uchun quyidagi futbolchilar ham kurash olib borgandi:
- Sardor Rashidov (“Paxtakor”) — 3 o‘yin, 2 gol, 1 assist;
- Shohruz Norxonov (“So‘g‘diyona”) — 3 o‘yin, 2 gol;
- Murod Xolmuhammedov (“Qo‘qon-1912”) — 3 o‘yin, 2 gol;
- Shirinboy Abdullaev (“So‘g‘diyona”) — 3 o‘yin, 2 quruq o‘yin;
- Elvin Fortes (OKMK) — 3 o‘yin, 2 gol;
- Ignatiy Nesterov (“Qizilqum”) — 3 o‘yin, 2 quruq o‘yin;
- Oybek Bozorov (“Nasaf”) — 3 o‘yin;
- Aziz Turg‘unboyev (“Paxtakor”) — 3 o‘yin, 1 gol, 1 assist.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)