Yaqinda Islandiyada 6 ming yil “uxlab yotgan” vulqon harakatga kelgan edi. Hi-Tech.Mail.ru’ning yozishicha, mazkur tabiat mo‘jizasidan tashqari, vulqon bilan bog‘liq yana bir holat sodir bo‘lgan.
Taniqli suratkash Kristofer Metyuz Islandiyada harakatga kelgan Fagradalsfyal vulqoni va u uzra nur sochayotgan shimol yog‘dusini suratga olishga muvaffaq bo‘ldi. Ikkita tabiat hodisasi birgalikda aqlbovar qilmas uyg‘unlik hosil qilganki, u surat emas, biror fantastik filmdan skrinshotga o‘xshaydi.
Vulqon va eng yaqin atrofdagi aholi punktigacha bo‘lgan masofa 30—40 kilometrni tashkil etadi, shu sabab uning otilishi xavfli hisoblanmaydi. Biroq vulqon harakatga kelgach, turistlar orasida juda mashhurlikka erishdi.
Avvalroq olimlar Islandiyadagi vulqonni ulkan grilga aylantirib, unda sosiskalar pishirgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)