So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12195.1
    • RUB 126.67
    • EUR 12921.93
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +18°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Mahalliy

    O‘zbekistonda Zo‘rlik hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish markazi tashkil etiladi

    23.03.2021, 23:22 10891

    O‘zbekistonda 2018-yilda tashkil etilgan Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish respublika markazi negizida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzurida Zo‘rlik hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish markazi va uning hududiy bo‘limlari tashkil etiladi. Bu haqda 19-mart kuni jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan “Xotin-qizlar va bolalar huquqlarining kafolatlarini ta’minlash, qonuniy manfaatlarini himoya qilishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori loyihasida qayd etildi.

    Undan aytilishicha, markazga zo‘ravonlikdan jabrlangan (urish, do‘pposlash, qiynash, azob berish yo‘li bilan yoki qonunga xilof boshqa harakatlar vositasida ruhiy, psixologik, jismoniy yoki boshqacha tarzda bosim o‘tkazilgan xotin-qizlar va ularning farzandlari), o‘z joniga suiqasd qilgan yoki o‘z joniga qasd qilishga moyilligi bo‘lgan xotin-qizlar va 14 yoshga to‘lmagan voyaga yetmagan shaxslar joylashtiriladi.

    Zo‘rlik hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish markazining asosiy vazifalari qatoridan quyidagilar o‘rin olgan:

    • tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan, o‘z joniga suiqasd qilgan yoki o‘z joniga qasd qilishga moyilligi bo‘lgan shaxslarga anonim tarzda shoshilinch tibbiy, psixologik, ijtimoiy, pedagogik, huquqiy va boshqa yordam ko‘rsatish;
    • og‘ir ijtimoiy ahvolda qolgan, shu jumladan, oilaviy muammolar va turmushida zo‘rlik ishlatilishiga duch kelgan xotin-qizlar huquqlari kafolatlarini ta’minlashga ko‘maklashish;
    • davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining xotin-qizlar va voyaga yetmaganlarning o‘z joniga qasd va suiqasd qilishi holatlarini o‘rganish, ularning oldini olishga qaratilgan, shu jumladan, o‘z joniga suiqasd qilgan shaxslarni normal hayotga qaytarish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish;
    • “ayollar daftari”ga kiritilgan psixologik maslahatga muhtoj xotin-qizlarni (tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan, ijtimoiy muammolari mavjud xotin-qizlar) har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va daftarlardan chiqarish choralarini ko‘rish.
    Markaz o‘z faoliyatini anonimlik, axborot maxfiyligi, kasbiy mahorat va xavfsizlik prinsiplari asosida amalga oshiradi. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari o‘z faoliyatini markaz bilan uning ishiga aralashmagan holda yaqin hamkorlikda olib boradi.

    Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning sentabr oyida ayollarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoyalash to‘g‘risidagi qonun imzolandi. Qonunga ko‘ra, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchi sodir etilgan zo‘ravonlik yoki tahdid haqida tegishli organlarga yoxud sudga murojaat etish, bepul huquqiy maslahat, ijtimoiy, psixologik, tibbiy va boshqa yordam olish kabi huquqlarga ega.

    O‘zbekistonda zo‘ravonlik qurbonlari bo‘lgan ayollarning huquqlarini himoya qilish va ularga o‘z vaqtida yordam berish uchun 2020-yilning dekabrida “Najot” mobil ilovasi ishga tushirildi.

    Mazvuga doir:

    • O‘zbekistonda pandemiya davrida oilalardagi zo‘ravonlik holatlari ortdi
    • O‘zbekistonda 2020-yilda tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan 14,7 ming nafar ayolga himoya orderi berildi

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Angliya Liga Kubogi. “Nyukasl” “Manchester Siti”ni musobaqadan chiqarib yubordi, “Liverpul”da ishonchli, “Arsenal” va “Chelsi”da minimal g‘alabalar

    Bugun, 01:59

    A Seriya. Eldor Shomurodov maydonga tushgan o‘yinda “Kalyari” “Milan”ga yutqazdi, “Inter” o‘z maydonida imkoniyatni boy berdi (video)

    Bugun, 01:42

    La Liga. “Real” o‘z maydonida “Las-Palmas” ustidan ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi (video)

    Bugun, 00:32

    Rasman: Jaloliddin Masharipov — “Panserraykos” futbolchisi

    Bugun, 00:10

    Qashqadaryoda maktab direktori o‘qituvchilardan 300 ming so‘mdan yig‘ib, o‘z manfaati yo‘lida ishlatgani aytildi

    Bugun, 00:10

    O‘zbekistonda hukm ustidan apellyatsiya shikoyatini berish muddati qisqartirildi

    Kecha, 23:56

    Dubayda dunyodagi ilk suzib yuruvchi masjid quriladi (foto)

    Kecha, 23:40

    O‘zbekistonda madaniyat tizimidagi qancha xodim korrupsiya ortidan hayfsan olgani ochiqlandi

    Kecha, 23:30

    Pedagogika kollejining 9 yil avval yo‘qolgan talabalari, to‘ydagi yong‘inda halok bo‘lganlar, daryo qirg‘og‘iga kelib qolgan sport binosi — 27-sentabr suratlari

    Kecha, 23:10

    Putinga frontdagi vaziyat haqida yomon xabar yetkazilmaydi — OAV

    Kecha, 22:46

    Tavsiya etamiz

    Pedagogika kollejining 9 yil avval yo‘qolgan talabalari, to‘ydagi yong‘inda halok bo‘lganlar, daryo qirg‘og‘iga kelib qolgan sport binosi — 27-sentabr suratlari

    23:00 / 27.09.2023

    “Dok-1 Maks” ishi: sudlanuvchi suddagi ko‘rsatmasini 65 nafar bolaning yaqinlariga ta’ziya izhor etish bilan boshladi. Bu holat sudda ilgari kuzatilmagandi

    15:00 / 27.09.2023

    “Faqat bitta taklif tushgan” — mas’ullar “Antistrumin” dori vositasi xaridi bo‘yicha izoh berdi

    14:00 / 27.09.2023

    “Baqqol qizining buyuk merosi”. Britaniya tarixidagi ilk ayol bosh vazir va mamlakatni iqtisodiy tanglikdan olib chiqqan Margaret Tetcher hayoti

    14:00 / 27.09.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    O‘zbekistonda elektron tijorat qanday rivojlanmoqda?

    17:00 / 26.09.2023

    “Bugungi geosiyosiy vaziyatda bitta davlatga tayanib bo‘lmaydi” — bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev

    15:00 / 26.09.2023

    O‘zbekiston oktyabr oyidan Rossiyadan gaz import qilishga tayyor — Energetika vazirligi

    16:00 / 25.09.2023

    “Oltin vasvasasi”: Nima uchun Markaziy Osiyo davlatlari oltinga pul tikmoqda?

    17:00 / 22.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    O‘zbekistonda oktyabr oyida qanday ob-havo kutilmoqda?

    14:00 / 27.09.2023

    Farhod Mannopov vafoti yuzasidan ikki kishiga ayb e’lon qilindi

    17:00 / 27.09.2023

    Shimoliy Koreyaga qochib ketgan amerikalik harbiy taqdiri ma’lum qilindi 

    20:00 / 27.09.2023

    “Ular qirg‘iz va o‘zbeklar o‘rtasida nifoq solishni ko‘zlagan” — Sadir Japarov

    18:00 / 27.09.2023

    Rayhonning “Humo Arena”dagi konserti qoldirildi. Tashkilotchilar chiptalar sust sotilgani tufayli uni bekor qilishga majbur bo‘lganini aytmoqda 

    11:00 / 27.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.