Makiyaj san’ati ham hozirda bir insonni tamoman boshqasiga aylantirib qo‘ymoqda. Ko‘z, lab, burun shakli ... Mohirona tarzda amalga oshirilgan makiyajdan so‘ng yulduzlarni asl holati bilan solishtirib ko‘ring, chindan ham tanib olish qiyin.

Yeva Longoriya 

Foto: Cosmopolitan

Yeva bug‘doyrang makiyajni xush ko‘radi. U hamma tadbir va marosimlarda aynan shunday makiyajdan foydalanadi. Shuningdek, uning pardozi shu qadar mukammalligidan uning asl holatida tanish mumkin emas. Ammo Eva jozibali bo‘lishiga qaramay, makiyaj borasida biroz boshqa yulduzlardan ham o‘rnak olsa bo‘lar edi.

Sofiya Vergara

Foto: Cosmopolitan

Sofiya kamdan kam hollarda uyni bo‘yanishsiz tark etadi. Uni makiyajsiz hollarda atigi ikki marta suratga tushirishgan. 43 yashar Sofiya chindan ham yosh ko‘rinadi va makiyaj uni butunlay o‘zgartirib ham yuboradi.

Lera Kudryavseva

Foto: Cosmopolitan

Boshlovchi Lerani hech qachon makiyajsiz ko‘rishmagan. U hatto yengil pardozda ham ulama kipriklarda ko‘rinish beradi. Ayrimlar uni makiyajni tozalash uchun uzoq vaqt sarflasa kerak, deb ham o‘ylaydi.

Xloi Kardashyan

Foto: Cosmopolitan

Albatta, Kardashyanlarning boshqa oila a’zolari ham bu ro‘yxatda bo‘lishi mumkin edi. Ammo Xloining surati hammasidan ham ko‘ra ta’sirli hisoblanadi.

Tayra Benks

Foto: Cosmopolitan

Tayra o‘zining uzoq yillik faoliyati davomida turli xil makiyaj va qiyofani sinab ko‘rdi. Ammo uni bo‘yoqlarsiz umuman tanib bo‘lmaydi.

Pamela Anderson

Foto: Cosmopolitan

Pamelani ham kamdan kam holatda makiyajsiz ko‘rish mumkin. U odatda ko‘proq ko‘zlariga urg‘u beradi va butunlay boshqa insonga aylanadi.

Rita Ora

Foto: Cosmopolitan

Rita ham hamisha yorqin rangli kosmetik vositalardan foydalanadi. Shuningdek, uning pardozi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ammo uning eng ashaddiy muxlislari ham pardozsiz tanib olishi mushkul.

Iggi Azaliya

Foto: Cosmopolitan

Yulduz iloji boricha tabiiylikka intilmoqda. Bir necha qatlam bo‘yoqlar hech kimga tabiiy chiroy baxsh etmasligini anglab yetish vaqti keldi.

Teylor Svift

Foto: Cosmopolitan

Teylor makiyajsiz unchalik jozibali ko‘rinmasada 10 yilga yoshroq ko‘rinadi. Ammo yulduzning mukammal makiyaji, ayniqsa, ko‘zga berilgan urg‘u uni jasoratli ayol sifatida namoyon qiladi.

Niki Minaj

Foto: Cosmopolitan

Suratni ko‘rgan har qanday inson “bu ikki xil odam” deyishi mumkin. Afsuski, bunday emas. Suratni farqlab turgan asosiy narsa faqatgina makiyaj, xolos.