Serial va filmlardagi oddiy kotiba, a’lochi o‘quvchi yoki josus qiz obrazining o‘zgarishi muxlislar uchun hamisha qiziq. Syujet davomida ko‘zoynaklarning linzaga almashtirilishi, soch turmagi o‘zgartirilishi tomoshabinlarning ekran qarshisiga mixlanishiga sabab bo‘ladi. E’tiboringizga mashhur aktrisalar tomonidan ijro qilingan va ularning ko‘rinishi avvalgisidan farq qilishi uchun katta jamoa ishlashiga to‘g‘ri kelgan film qahramonlari suratini taqim qilamiz.

“Sobiq sevgilim” (2006)

Foto: AdMe

Syujetga ko‘ra, Uma Turman ijrosidagi qahramon filmda ikki xil obrazda namoyon bo‘ladi. Oddiy va yoqimtoy ayol Jenni Jonson rolini ijro qilganida qora parik, ko‘zoynak taqadi. Ammo Turman superqahramonga aylanishi bilan hammasi o‘zgaradi.

“Prada ko‘targan iblis ” (2006)

Foto: AdMe

Moda olami bilan bog‘liq sohada ishlagani sabab Endi Saks garderobidagi liboslarni tubdan yangilaydi, ozadi (Enn Xeteuey ushbu rol uchun deyarli 4,5 kilo semirishiga to‘g‘ri kelgan, keyin esa ozgan). Kostyumlar bo‘yicha rassom Patrisiya Fild ko‘rimsiz Endini o‘zgartirish uchun ancha ter to‘kishiga to‘g‘ri kelgan. Fild va Enn bosh qahramon Endi Saks Chanel kostyumini kiyishi kerak ekanligini tushunib yetgan. Brend ham bunday hamkorlikka bajonidil rozilik bergan.

“Muhabbat sharobi” (1992)

Foto: AdMe

Sandra Bullok ushbu filmda ko‘rimsiz laborant qiz obrazini gavdalantirishdan cho‘chimagan. Yulduzning mazkur roldagi tashqi ko‘rinishi uchun kostyum rassomi va pardozchilarning qattiq ishlashiga to‘g‘ri kelgan. Qahramon qiz didsiz kiyim va katta ko‘zoynak taqadi, sochlari ham shunga yarasha ko‘rinishda bo‘ladi. Bundan tashqari, Sandraning yoqimli kulgisini yashirish uchun tish protezidan ham foydalanilgan.

“Oqsoch” (2011)

Foto: AdMe

Skiter yoqtirgan yigitida yaxshi taassurot qoldirish uchun hamisha jingalak sochlarini tekislab yuradi. Ammo film so‘ngida o‘zini boricha qabul qilishga o‘rganadi va tabiiy go‘zalligiga urg‘u beradi.

“Yunoncha to‘y” (2002)

Foto: AdMe

Tula ismli qahramonning otasi qizini turmushga berishni istaydi. Ammo qiz bundan ko‘proq narsaga erishishni xohlaydi va kunlardan bir kun hayotini o‘z nazoratiga olishi kerakligini tushunib yetadi. Yangi ish topadi, o‘zligini qidira boshlaydi va tashqi ko‘rinishiga ham o‘zgartirish kiritadi.

“Go‘zallar” (1998)

Foto: AdMe

Fransuz aktrisasi Jyudit Godresh mazkur filmda sipo olima qiz rolini ijro qiladi. Uning hayoti Aleks ismli go‘zal qizni uchratganidan keyin o‘zgarib ketadi.

“Briolin” (1978)

Foto: AdMe

Filmda Sendi ismli qiz tashqi ko‘rinishi va kiyinish uslubini butkul o‘zgartirishga qaror qiladi. Pushti ko‘ylaklarini qora charm shimga almashtiradi va shunga yarasha ko‘rinishga ega bo‘ladi.

“Мening go‘zal xonimim” (1964)

Foto: AdMe

Mazkur filmda Odri ijrosidagi gulchi qizni kibor xonimga aylantirish uchun pardozchilar jamoasi va aktrisaning o‘zi ham yaxshigina ishlashiga to‘g‘ri kelgan.

“Betmenning qaytishi” (1992)

Foto: AdMe

Film syujetiga ko‘ra, Selina Kayl ismli kotiba labini qirmizi rangga bo‘yaydigan va soch turmagi o‘ziga yarashgan ayolga aylanadi.

“Ishbilarmon ayol” (1988)

Foto: AdMe

Aqlli va yuqori marralarni ko‘zlaydigan Tess kotiba bo‘lib ishlaydi va rahbar lavozimini egallashni orzu qiladi. Ammo bunday pozitsiyada o‘ziga xos ko‘rinish kerakligini tushunib yetgan qahramon imijini o‘zgartirishga qaror qiladi.

“Esankirash” (1958)

Foto: AdMe

Alfred Xichkokning trillerida Kim Novak Judi ismli qahramon qiz rolini ijro qiladi. Unda yorqin makiyaj qilib yuradigan, olifta qiz bora-bora kiyinish uslubi va pardozini o‘zgartiradi.