Har qanday qiz sevimli yulduzining soch turmagini sartaroshga ko‘rsatishdan avval o‘zini qizil gilamda emas, balki oddiy kundalik hayotda tasavvur qilib ko‘rishi kerak. Quyida paparatssilar tomonidan yulduzlarning o‘ziga mos bo‘lmagan uslubda qo‘lga kiritilgan ko‘rinishi bilan tanishish mumkin.

Anjelina Joli

Foto: Cosmopolitan

Sochlarning jilolanishi, katta-katta to‘lqini, mukammal tekislik... Bularning barchasi, albatta, katta tayyorgarlikdan keyin. Ammo har qanday Anjelina Joliga o‘xshaydigan xonim ham uyg‘onishi bilan sochlariga e’tiborsiz holda ko‘chaga chiqib ketishi mumkin emas.

Foto: Cosmopolitan

Irina Sheyk

Foto: Cosmopolitan

Zargarlik buyumlari, qizil lab bo‘yog‘i va ajoyib soch turmagi bilan ko‘rinish berish juda yaxshi. Ammo xuddi shunga o‘xshashroq turmak va qora ko‘zoynak taqib, oddiy futbolkada ko‘chaga chiqish boshqa.

Foto: Cosmopolitan

Skarlett Yoxansson

Foto: Cosmopolitan

Aktrisa hamisha tashqi ko‘rinishi bilan muxlislarni xursand qilib keladi. Shuni yodda tutish kerakki, doim ham uning tashqi ko‘rinishga taqlid qiladiganlar quyidagi obrazi bilan ham yaqindan tanishib chiqishi kerak.

Foto: Cosmopolitan

Selena Gomes

Foto: Cosmopolitan

Selenaning sochlari tabiiy ravishda qalin. U sochlarini biror vosita yordamida turmaklamasa, betartib holda ko‘rinishi isbotlangan.

Foto: Cosmopolitan

Bella Xadid

Foto: Cosmopolitan

Bella Xadidning yuz shakli bugungi kunda trendda. Bu shuni anglatadiki, model sochlarining uzunligi va rangi bilan xavfsiz ravishda tajriba o‘tkazishi mumkin. Birozgina hajm berilgan sochlar mutlaqo e’tiborsiz qoldirilsa, ular ko‘rinishni butunlay o‘zgartirishi hech gap emas.

Foto: Cosmopolitan

Jizel Bundxen

Foto: Cosmopolitan

Chiroyli ko‘rinish uchun qalin va uzun sochlarning o‘zi yetarli emas. Buning uchun ular biroz itoatkor bo‘lishi ham kerak. Aks holda braziliyalik model singari ularni nazoratga olish qiyin bo‘ladi va shamolda har tomon uchib ketishi aniq.

Foto: Cosmopolitan

Kim Kardashyan

Foto: Cosmopolitan

Kardashyanning go‘zallik tajribasi yuzlab, hattoki minglab qizlar tomonidan takrorlanadi. Turmaksiz, tekislangan sochlar, albatta, barchaga ham mos kelmasligi mumkin. Shuning uchun ham taqlid qilishni yoqtiradigan muxlislar har ikki holatni ham diqqat bilan o‘rganishi kerak.

Foto: Cosmopolitan