Ushbu yulduzlarni faqatgina ekranda ko‘rganlar ular kabi bo‘lishni orzu qilishi shubhasiz. Ammo hayotda ular hech qanaqasiga e’tiborni torta olmaydi.

Mila Kunis

Foto: “Kinopoisk”

Mila Kunis bir necha bor Gollivudning eng jozibali va talabgir aktrisalari ro‘yxatiga kiritilgan. Albatta, bu uning ekrandagi rollari uchun edi. Hayotda esa Mila umuman boshqacha ko‘rinishga ega: yuzdagi ajinlar, ko‘z ostidagi ko‘k dog‘lar. Aftidan, yulduz atrofdagi odamlar fikri bilan umuman qiziqmaydi va bo‘sh vaqtini bunday narsalarga sarflamaslikni afzal ko‘radi.

Kemeron Diaz

Foto: “Kinopoisk”

Bir necha yildan buyon aktrisa muxlislarini yangi rol bilan xursand qilmaganiga qaramay, hamon uning ishtirokidagi filmlar zavq bilan tomosha qilinadi. Kadrlarda Kemeron beg‘ubor va ajoyib tabassumi bilan ko‘rinish beradi. Oddiy hayotda esa umuman boshqacha: kamdan kam hollarda sochlarini turmaklaydi. Bo‘yanishni-ku, aytmasa ham bo‘ladi. U keng va qulay kiyimlarni afzal ko‘radi.

Anjelina Joli

Foto: “Kinopoisk”

Anjelina Joli uzoq yillardan buyon eng ko‘p tilga olinadigan go‘zal va reytingi yuqori yulduzlardan biri bo‘lib kelmoqda. Uning film va qizil yo‘lakdagi ko‘rinishi qanchalar jozibali bo‘lmasin, ammo hayotda unday emas. U ham keng va qulay liboslarni yoqtiradi va deyarli bo‘yanmaydi. Uning o‘ta oq terisi va ozg‘inligi ham kasallarga xos ko‘rinishni aks ettiradi.

Kristen Styuart

Foto: “Kinopoisk”

Kristen Styuart hamisha ekran va qizil gilamda chiroyli ko‘rinishga ega. U nafis liboslar, chiroyli soch turmaklari va pardoz bilan tomoshabinlarni hayratga solishga odatlangan. Har safar u yaratgan obraz tafsilotlari diqqat bilan tekshiriladi. Ammo aktrisani kundalik hayotda bunday uchratib bo‘lmaydi. U shunchaki sayrga chiqqan vaqtida nafaqat kiyinish haqida o‘ylaydi, balki sochlarini ham taramaydi.