Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 28-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar 21-mart, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Twitter / “Daryo”

Foto: Twitter / “Daryo”

“Barselona” safarda “Real Sosyedad” bilan to‘qnash keldi. Katalonlar safida Lionel Messi va Serjinyo Dest dubl muallifiga aylangan bo‘lsa, Antuan Grizmann va Usmon Dembele bir martadan raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Maydon egalari bunga bitta gol bilan javob qaytardi.

“Atletiko” esa Luis Suaresning yagona goli evaziga “Alaves”dan ustun keldi.

28-turdan keyin musobaqa jadvali quyidagi ko‘rinishni oldi:

Foto: La Liga

Foto: La Liga

La Liga

28-tur bahslari

21-mart, yakshanba

“Real Sosyedad” — “Barselona” 1:6

Gollar: 0:1 – 37 Grizmann, 0:2 – 43 Dest, 0:3 – 53 Dest, 0:4 – 56 Messi, 0:5 – 71 Dembele, 1:5 – 77 Barrenechea, 1:6 – 89 Messi.

“Real Sosyedad”: Remiro, Subeldiya (Sanyan, 83), Le Norman, Gorosabel (Barrenechea, 61), Merkelans, Gevara, Portu (Yanuzay, 61), Subimendi (Fernandes, 72), Oyarsabal, Merino, Isak (Bautista, 83).

“Barselona”: ter Shtegen, Langle, Dest (Trinkau, 84), Mingesa, Alba, Buskets (Arauxo, 67), de Yong, Pedri (Moriba, 68), Dembele (Breytueyt, 79), Grizmann (Puch, 85), Messi.

Ogohlantirishlar: Subimendi (9), Buskets (27), Subeldiya (79), Breytueyt (88), Fernandes (90).

“Atletiko M” — “Alaves” 1:0

Gol: 1:0 – 54 Suares.

“Atletiko”: Oblak, Ermoso, Savich, Ximenes, Trippyer, Lyorente, Karrasko, Koke, Lemar (Errera, 74), Korrea (Saul, 74), Suares.

“Alaves”: Pacheko, Ximo Navarro, Lejen, Duarte, Laguardia (Tachi, 70), Xota (Mahmud, 70), Battalya, Mendes (Rioxa, 60), Pere Pons (Sayns, 79), Pelistri, Xoselu.

Ogohlantirishlar: Xota (33), Duarte (54), Karrasko (76), Savich (85), Battalya (88), Saul (90).

“Xetafe” — “Elche” 1:1

Gollar: 0:1 – 20 Milya, 1:1 – 60 Unal.

“Valensiya” — “Granada” 2:1

Gollar: 1:0 – 4 Vass, 2:0 – 66 Aleks Blanko, 2:1 – 90 Soldado.

“Vilyarreal” — “Kadis” 2:1

Gollar: 1:0 – 5, penalti Xerar Moreno, 2:0 – 67 Bakka, 2:1 – 69 Aleks Fernandes.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Huquq faoli Nukus voqealarida gumonlanayotganlar qiynoqqa solinmaganini aytmoqda
Dunyo
“Daryo” kundaligida 30-noyabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Kontrabanda sigaretalar ko‘proq qaysi viloyatlar chegaralaridan olib o‘tilmoqda? Bojxonachi javob berdi