Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Namangan shahrining Davlatobod tumanida “Yangi O‘zbekiston— yoshlar ziyo maskani” kutubxonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Foto: Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati

Foto: Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati

Yangi kutubxonaning umumiy maydoni 5220 kvadrat metrni tashkil etadi. Bino 3 ta qavat, arxiv va fond saqlash uchun mo‘ljallangan yerto‘ladan iborat. Bu yerda bir vaqtning o‘zida 1200 kishiga xizmat ko‘rsatish mumkin.

Foto: Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati

Foto: Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati

“Kutubxona 30 mingdan ortiq badiiy va ilmiy adabiyotlar, o‘quv qo‘llanmalari bilan ta’minlandi. Kelgusi 3 yilda kitoblar sonini 100 mingtaga olib chiqish rejalashtirilgan”, — deydi kutubxona direktori Dilnoza Azizova.

Foto: Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati

Foto: Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati

Binoning birinchi qavatida bolalar maydonchasi tashkil etilgan bo‘lib, bu yerda ular uchun mo‘ljallangan jihozlar, o‘yinchoqlar va kitoblar mavjud.

Foto: Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati

Foto: Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati

Ochilish marosimida viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov tomonidan yangi ziyo maskaniga 1000 ta ilmiy va badiiy kitob sovg‘a sifatida topshirildi.

Foto: Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati

Foto: Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati

Eslatib o‘tamiz, qurish va jihozlashda innovatsion yondashuvlar tatbiq qilingan ushbu kutubxona oldinroq ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama va e’tiroflarga sabab bo‘lgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“O‘zbekiston temir yo‘llari” talabalar uchun chiptalarga 50 foizlik chegirma e’lon qildi
Dunyo
Bayden va Makronning kechki ovqati Oq uyga yarim million dollarga tushdi (video)
Kino
“Malikaning kundaligi”, “Forsaj”, “Joker” — davomi ekranlarga chiqishi kutilayotgan sevimli filmlar