Namangan shahrining Davlatobod tumanida zamonaviy elektron kutubxona ish boshladi. “Yangi O‘zbekiston — yoshlar ziyo markazi” deb nomlangan ma’rifiy maskan bir vaqtning o‘zida 1200 nafar kitobxonga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega. Uni qurish va jihozlashda innovatsion yondashuvlar tatbiq qilingan. E’tiborli jihati, ushbu kutubxona ijtimoiy tarmoqlarning faol qatlamlari orasida keng e’tiroflarga sabab bo‘ldi. 

Uch qavatdan iborat binoning kirish qismidagi favvora atrofi va yuqori qavatlarga ko‘tariluvchi zinalarda ham erkin o‘quv maydonchalari tashkil etilgan. Markazning kirish qismida elektron ro‘yxatga olish uskunalari — infokiosklar mavjud bo‘lib, har bir kitobxonga ID-karta rasmiylashtiriladi. Birinchi va ikkinchi qavatda bookcafe, 7-11 yoshli bolalar uchun maxsus bo‘lim, huquqiy savodxonlik, badiiy adabiyotlar, yoshlar ma’naviyati, tibbiyot hamda qishloq xo‘jaligi sohalariga taalluqli ilmiy adabiyotlar kabi bo‘limlardan tarkib topgan. Maskanning asosiy kitob fondi aynan shu qavatlardan joy olgan.

Innovatsion yangiligi — raqamli texnologiyalar tatbiq etilishi bilan bog‘liq. Masalan, uchinchi qavatdan raqamli kutubxona joy olgan. Bu qavatning boshqalardan ajralib turuvchi jihati kitobxonlar uchun sharoitlar innovatsion usulda tashkil etilgan. Har xil turdagi o‘yinlar, 64 jamlanmadan iborat, har biri elektron kitob nashrlari bilan boyitilgan zamonaviy kompyuter jihozlari mavjud. Bu yerda o‘quvchi 2 milliondan ortiq elektron va audiokitoblar, 120 ming dona kitoblardan bahramand bo‘ladi. Yaqin orada ana shu raqamni 500 mingtaga olib chiqish ko‘zlangan. Bu yerda ularni saqlash uchun maxsus iqlim hosil qilingan. Raqamli kutubxona hududida yaqin orada IT-park bilan hamkorlikda o‘quv va kovorking tizimini yo‘lga qo‘yish rejada bor.

Qavatning har bir ustunida namanganlik shoirlarning fotosuratlari va ularning ostiga QR-kodlar joylashtirilgan. Unga telefonni tutib adibning hayoti va ijodi haqida ma’lumotlarni o‘qish imkoniyati bor. Bundan tashqari, dam olish va hordiq chiqarish uchun yashil hududlar ham tashkil etilgan. Unda o‘quvchi maxsus quloqchinlar yordamida maqom musiqalarini tinglashi mumkin.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-fevral kuni o‘tkazilgan Xalq deputatlari Namangan viloyati kengashining navbatdan tashqari 26-sessiyasidan keyin safar dasturiga asosan, aynan mana shu zamonaviy kutubxonaga tashrif buyurishi kerak edi. Ammo davlat rahbari korteji kutilmaganda Namangan shahrining chang va chuqurga to‘la yo‘llari bo‘ylab yurib, “Bunyodkor” mahallasida to‘xtadi. Prezident dastlab Namangan shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 1-sonli ichki ishlar bo‘limi “Bunyodkor” mahalla fuqarolari yig‘inidagi 74-sonli tayanch punktiga tashrif buyurdi. Kortejni ko‘rib yig‘ilgan tumonat odam orasiga Shavkat Mirziyoyev kirib borib, aholi muammolarini tingladi. Shuningdek, kech tushishiga qaramay, davlat rahbari 26-sonli Mehribonlik uyi va “Saxovat uyi”ga ham tashrif buyurib, bolajonlar, nuroniylar bilan suhbatlashdi.