Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining navbatdan tashqari 28-sessiyasida davlat rahbari Chirchiq shahridagi holat haqida so‘z yuritdi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

“Hokimlarda tashabbus yetishmayapti. Kecha Chirchiqqa borganimdan xabaringiz bor, u shahardagi ahvolga maymunlar yig‘laydi. Bu shaharning ahvoli meni qattiq o‘yga toldirdi. Mayli, infrastruktura muammosi bordir, lekin daraxtni oqlasa, ariqlarni tozalasa bo‘ladi-ku. Men qayerga borishimni aytmayman, deganman.

Necha kishiga oylik beryapmiz, prokuror, soliqchi, ichki ishlar... Nega xalq orasiga kirib muammolarni o‘rganmaydi? Minglab aholi ‘uy bering’, deb turibdi. Nega hech kim Buxoro tajribasini o‘rganmaydi? Buxoroda qiyin bo‘lsa ham ikki qavatli uylar o‘rniga qancha uylar barpo qilindi. Chirchiq shahrida ham katta o‘zgarishlarni amalga oshiramiz”, — dedi Prezident.