Prezident Chirchiq shahriga tashrifi chog‘ida “Iftixor” mahallasini kirib ko‘rdi. Ko‘p qavatli uylarda yashayotgan odamlar bilan suhbatlashdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Madina Nurman / “Daryo”

“Chirchiq bir paytlar dong‘i ketgan shahar edi. Oxirgi vaqtlarda ancha ‘charchab’ qolgandi. Tegirmon navbati bilan, degandek, endi bu yerda ham hamma sharoitlarni yaratamiz. Sanoatni ko‘tarish, ish joylari ochish, yo‘lni, issiqlik ta’minotini yaxshilash bo‘yicha katta ishlarni boshlayapmiz”, – dedi davlat rahbari.

Foto: Madina Nurman / “Daryo”

Foto: Madina Nurman / “Daryo”

Shavkat Mirziyoyev hududdagi muammolarni, aholining talab va istaklarini so‘radi. Tadbirkorlik qilmoqchi bo‘lgan yigitga yer ajratish bo‘yicha shahar hokimiga ko‘rsatma berdi. Prezidentni ko‘rishni orzu qilib, davlat rahbari oldiga chiqqan bolani bag‘riga bosib, suratga tushdi.

Foto: Madina Nurman / “Daryo”

Foto: Madina Nurman / “Daryo”

Prezident shu yerdagi “Lola” mahallasida ham bo‘ldi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj oila xonadoniga kirib, hol-ahvol so‘radi.

Yo‘l-yo‘lakay mehnat faxriylari bilan samimiy suhbat bo‘ldi. Ular mamlakatdagi tinchlik-osoyishtalik, Chirchiq shahridagi o‘zgarishlardan mamnun ekanini aytib, duolar qildi.