O‘zbekiston milliy terma jamoasi 22—30-mart kunlarida o‘tkaziladigan yig‘in doirasida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etishi haqida xabar berilgandi.
O‘FA matbuot xizmatining yozishicha, Gana terma jamoasiga qarshi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi Namangan shahridagi “Markaziy” stadionida o‘tkaziladi. Mazkur bahs 26-mart kuni soat 18:00 boshlanadi.
Milliy terma jamoaning Iroq vakillariga qarshi o‘rtoqlik o‘yini esa Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv 29-mart kuni soat 18:00 da boshlanadi.
Izoh (0)