Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari o‘rinbosari Nurmat Otabekov AOKA huzurida “O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat, vaksinatsiya jarayonlariga tayyorgarlik” mavzusida 17-mart kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida koronavirus tashxisi qo‘yilib, Zangiotadagi shifoxonada vafot etgan bemorning o‘limi koronavirus bo‘yicha statistikaga kiritilmaganiga izoh berdi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi markazi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i Malika Qudratxo‘jayeva Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 36-sessiya ishtirokchilariga qilgan ma’ruzasida 2021-yilning 5-mart kuni Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan ta’lim muassasasi tarbiyachisi M. M.ning qaynotasi Zangiotadagi shifoxonaga koronavirus infeksiyasi tashxisi bilan yetkazilgani va 7-mart kuni vafot etgani haqida ma’lum qilgandi.

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni, tuzalganlar va vafot etganlar haqida statistikasini yuritishga mas’ul hisoblangan Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlarida mamlakatda 10-fevraldan beri koronavirus asoratlari oqibatida birorta o‘lim qayd etilmagan. O‘shanda kasallikdan vafot etganlar soni 622 nafarga yetgani ko‘rsatilgan.

Nurmat Otabekovning so‘zlariga ko‘ra, Jalilov ismli bemordan dastlabki olingan namuna musbat natija ko‘rsatgan va bemor Zangiotadagi shifoxonaga yotqizilgan. Zangiotadagi shifoxonada referens laboratoriya mavjud bo‘lib, u yerda olingan namuna manfiy natija ko‘rsatgan.

“Hozirda  sog‘liqni saqlash vazirligi patologik anatomiya tekshirishlar natijalarini kutmoqda. Qachonki mutaxassislar qayd etilgan o‘lim bevosita koronavirus bilan bog‘liq ekanligini tasdiqlasa, u holda bu statistika raqamiga qo‘shiladi”, — degan Nurmat Otabekov.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari o‘rinbosarining ta’kidlashicha, koronavirusdan vafot etganlar soni 622 ta yoki 623 ta bo‘lishi statistika uchun “jiddiy ob-havo yaratmaydi”.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 2020-yilning 28-avgustida o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekistonda koronavirus bo‘yicha haqiqiy holat raqamlarini yashirishga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida barcha rahbarlarni ogohlantirgandi. Bunga urinish jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan qat’iy choralarga olib kelishi mumkinligi ta’kidlangandi. “Yuksalish” umummilliy harakati ham koronavirus bo‘yicha haqiqiy statistikani yashirmaslikka chaqirgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligidagilar esa koronavirus statistikasini soxtalashtirishdan manfaatdor emasligini ta’kidlab keladi.

“Respublikada bu kasallikka chalinganlar, vafot etganlar sonini yashirishdan hech qanday manfaat yo‘q. Kasallar soni 100 taga ko‘p yoki 100 taga kam, o‘lim ko‘rsatkichi birmuncha ko‘p yoki kam ekanligi ahamiyatsiz, eng asosiysi, biz har bir kasallik manbasini jilovlashimiz, o‘sha kasallik o‘chog‘ida epidemiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirishimiz kerak bo‘ladi”, — degan edi Nurmat Otabekov aholidan kelib tushgan savollarda so‘nggi vaqtlarda o‘lim va kasallanganlar bo‘yicha real raqamlar xususida ishonchsizlik keltirib chiqarayotgan holatlar haqida 2020-yilning iyulida bergan izohida.

Vazirlik rahbari esa rasmiy statistikaga to‘la ishonadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Bir necha kundan buyon hukm surayotgan qorli ob-havoda o‘zbekistonliklar yasagan qorbobolar — suratlarda
Sport
Matbuot anjumani vaqtida mushukni uloqtirib yuborgan Braziliya terma jamoasi rasmiysi tanqidlarga uchradi (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda narxni oshirgan va sifatsiz mahsulot sotgan 299 ta zapravkaga benzin yetkazib berish to‘xtatildi