• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12778.12
    • RUB164.01
    • EUR14931.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kitob

    “Notre-Dame de Paris” – moziyning bugungi namoyishi. Fransuz adabiyotining durdonasi haqida

    Taniqli fransuz yozuvchisi Viktor Gyugo 1831-yil 16-mart kuni o‘zining fransuz qadriyatlari va an’naviy qurilish uslublarini xalqqa yana bir bor eslatib qo‘yishni maqsad qilgan “Notre-Dame de Paris” asarini nashrdan chiqardi. “Daryo” mazkur asar haqida hikoya qiladi. 

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Hajm jihatidan Gyugoning ko‘plab asarlaridan yirikroq bo‘lgan ushbu asar 940 sahifa, uchta bo‘limdan iborat. Asar fransuz adabiyoti markazida turuvchi, uning ahamiyatini ko‘rsatib beruvchi sanoqli kitoblardan biridir. Ushbu romandan ko‘zlangan maqsad inqilob davrida bo‘layotgan ulkan o‘zgarishlar xalqning madaniyati va tafakkur tarziga jiddiy ta’sir ko‘rsatayotganiga qaramay, fransuz milliy qadriyatlariri asrab qolish edi. Asar ma’lum ma’noda o‘ziga yuklatilgan vazifani bajara oldi, u Notre-Dame de Paris ibotadxonasini milliy simvolga aylantirdi va gotika uslubiga bo‘lgan qiziqishni yana bir marotaba oshishi uchun asosiy turtki vazifasini o‘tab berdi. Asar omma orasida mashhurlikka erishgach, Gyugo o‘z milliy madaniyatiga qanchalik g‘amxo‘rlik qilgan bo‘lsa, xalq ham qadriyatlari saqlanib qolishiga shuncha e’tiborli bo‘la boshladi.

    Gyugo ushbu asari orqali romanning yangi nazariyasini – Epik teatr nazariyasini kashf qildi. Asar - butun boshli xalq haqidagi yirik poema va ushbu poema markazida yirik ibodatxona tarixni kuzatuvchi bosh qaharamon sifatida tasvirlanadi. Shuningdek, ushbu asar tilanchilarni bosh qahramonlar darajasiga ko‘targan ilk asar ekanligi bilan ham o‘ziga xoslik kasb etadi.

    Asarning bosh g‘oyasi

    Roman o‘quvchilar uchun o‘z jozibadorligi va sirliligini saqlab qolishi uchun sujetni tasvirlashdan chekinib, kitobning asosiy mevasi bo‘lmish g‘oyalarga to‘xtalib o‘tamiz.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Asar yozilayotgan davrda Notre-Dame de Paris soborining turli qismlari qayta qurilayotgan va unga turli qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritilayotgan edi. Inqilob natijasida buzib yuborilgan ko‘plab gotika uslubidagi maqbara va cherkovlar XV asr Fransiyasini unutilishga mahkum qilayotgan edi, go‘yo. Ushbu uslubdagi binolar buzilishi yoki qayta yangi qismlar qo‘shish orqali ta’mirlanishi ularning asl ahamiyatini yo‘qqa chiqarayotgan edi. Bu esa Gyugoga og‘ir botmay qo‘ymadi va adib ushbu mavzuda asar yozish orqali o‘z zamondoshlariga signal yuborishni ko‘zladi.

    Asarda arxitektura markaziy rol o‘ynaydi. Notre-Dame de Paris sobori esa zamon zaylining ramzi, hurfikrlilik namunasi va madaniyat nishonasi sifatida tasviralanib, asarning markaziy g‘oyasi ushbu ibodatxonaga bevosita bog‘landi.

    Gyugo soborning qayta ta’mirlanishi uning buzilishi bilan barobar, deb hisoblaydi, chunki kishi hech qachon tarixning bir bo‘lagini olib, unga o‘z zamonasidan boshqa bir bo‘lak qo‘shimcha qilib kirita olmaydi. Bu tarixga nisbatan xiyonat, demakdir. Insonlar doimo bilib-bilmay tarixga o‘zgartirishlar kiritishga, uni o‘zi uchun yangi uslubda kashf etishga intiladi. Ushbu moyillik tarixni o‘z holicha qabul qila olmaslik yoki buyuk kelajak orzusi ishtiyoqida o‘tmishni boshqa ko‘z orqali kashf etishga undaydi. Aslida esa kelajak avlodlar tarixni kuzatishi, buning uchun esa uni asrab qolishga urinmog‘i lozim, tarixni yo‘qlikka mahkum etish orqali buyuk o‘zgarishlar kiritish xomxayol. Notre-Dame de Paris sobori o‘z davriga xos xususiyatlardan boxabar qiluvchi nodir qurilish namunasi edi. U orqali moziyga qaytish va uni his etish imkoniyati mavjud edi.

    Shuningdek, ushbu sobor hurfikrlilik ramzi sifati ham o‘z o‘rniga ega edi. So‘zlar o‘chirilishi yoki yuzaga chiqishdan oldin kuch bilan yo‘q qilinishi mumkin. Qadimiy inshoot esa doim o‘z so‘zini aytib turadi. Uning har bir detali o‘zida o‘tmishga xos muayyan xususiyat tashiydi. Notre-Dame de Paris bu jonli tarix edi. Ibodatxona so‘zlardan ko‘ra ko‘proq ma’no anglatishi haqida yozuvchi asarda shunday deydi:

    “Fikrlar toshga o‘yib yozilgan ushbu zamonda bizning bugungi matbuot erkinligimizdan ko‘ra ko‘proq afzallikka ega bir xususiyat mavjud edi. Bu arxitektura erkinligi”.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Kitoblarni nashrdan chiqarish ixtiro etilgach, zamonning holatini ifodalovchi qurilish inshootlarining ahamiyati kamaydi va adib san’atning ushbu buyuk shakli o‘z qadrini yo‘qotishini fojia sifatida ko‘rdi.

    Soborning yana bir vazifasi esa o‘zida tarixiy qadriyatlarni ifoda etish edi. Sivilizatsiya faqatgina rivojlanish va o‘zgarishlarga emas, balki unutish, yoddan chiqarish uchun ham ishlaydi. Gyugo esa o‘z asari orqali xalqni o‘z qadriyatlaridan, madaniyati asosidan xabardor qilishga urinadi. Har qanday ramzlar o‘zida o‘tmish va undagi odamlar fikrlash tarzi, dunyoqarishini namoyon etadi. Gotika uslubida qurilgan bu sobor ham tarixning eng qizg‘in pallalarini hamda shu paytgacha shakllanib kelgan fransuz qadriyatlarining tamal toshi bo‘lgan madaniyat asoslarini o‘zida ifoda etardi. Soborning qayta o‘zgartirilishi nafaqat Parij, balki butun Yevropani o‘z ichiga qamrab olgan san’at janrining o‘lib borayotganiga ishora qilardi. Har bir xalqqa xos ramz va belgilar ularning qadimiy inshootlari orqali ma’lum bo‘ladi. Ular orqali xalqning avvalgi xarakteridan, nimalarga intilgani, nimalardan nafratlanganidan va nihoyat nimalarni oliy maqsad etib belgilagani ma’lum bo‘ladi. Qancha ko‘p vaqt o‘tsa, shuncha qadr-qimmati oshib boradigan moziy inshootlari doim kelajak avlod uchun muhim va qadrli bo‘lib qolmog‘i lozim. Asar bizga ana shu hikmatni uqtirmoqchi bo‘ladi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Asardan iqtiboslar:

    • “Insonni hech narsa bo‘m-bo‘sh cho‘ntakchalik safarga ishqiboz qila olmaydi”;
    • “Bir ko‘zli odam so‘qir insondan ko‘ra ko‘proq nuqsonli. Chunki bir ko‘zli kishi o‘ziga aynan nima yetishmayotganidan boxabar”;
    • “Biron fikr miyangni band etsa, sen uni hamma narsada ko‘ra boshlaysan”;
    • “...Onalar o‘ziga eng ko‘p iztirob tug‘dirgan farzandiga eng ko‘p mehr qo‘yishadi”;
    • “U cho‘ntagiga qo‘lini soldi va u yerdan faqatgina bir narsani topa oldi, reallikni”;
    • “U o‘z g‘azabini jilovlab, boshqaga azob berishdan cheklandi. U shu yo‘l orqali iztirobning barchasini o‘zida qoldirdi”.
    Rahimjon Qudratov tayyorladi
    17.03.2021, 09:33   Izoh (0)   15040
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Buyuk ayollar haqidagi eng yaxshi 10 film (foto)

    04.03.2021, 09:57

    Britaniyalik mashhur yozuvchi, 20 dan ortiq josuslik romani muallifi Jon le Karre vafot etdi

    14.12.2020, 19:21

    Bill Geyts 2020-yilda o‘qigan kitoblaridan 5 ta eng yaxshisini tavsiya qildi

    10.12.2020, 16:02

    AQShda “Forrest Gamp” asari muallifi Uinston Grum vafot etdi

    18.09.2020, 20:24

    Ingliz tilining Merriam-Webster lug‘atida irqchilikning ta’rifi o‘zgartiriladi

    11.06.2020, 22:57

    Angliyadagi chiqindixonalardan birida topib olingan “Garri Potter” kitobi auksionda 40 ming dollarga sotildi

    22.05.2020, 20:24
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Trampning Moskva va Sankt-Peterburgga hujum qilishga undagani haqidagi xabarlar rad etildi

    Dunyo | 15 iyul, 23:35

    O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 23:25

    Dunyoning eng keksa marafonchisi YTH oqibatida vafot etdi

    Dunyo | 15 iyul, 23:10

    Ukrainada ko‘p fuqarolik qonuniylashtirildi

    Dunyo | 15 iyul, 22:55

    Banklarda so‘mdagi kredit foizlari ko‘tarildi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:45

    AQSHda ofitser tanishuv ilovasi orqali Ukrainaga oid maxfiy ma’lumotlarni uzatgani aniqlandi

    Dunyo | 15 iyul, 22:35

    Safarda bolani nima bilan band qilish mumkin? Xotirjam sayohat qilish uchun 10 ta layfhak

    Farzand | 15 iyul, 22:23

    O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qaysi davlatlardan kelayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.