Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Fransiya Kubogining 1/8 final bosqichida PSJ 17-mart, chorshanba kuni “Lill”ni qabul qildi.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Parijda kechgan bahs mezbonlarning ustunligida o‘tdi. Dastlab 9-daqiqada Mauro Ikardi hisobni ochgan bo‘lsa, 41-daqiqaga kelib Kilian Mbappe 11 metrlik jarima zarbasini golga aylantirib, oradagi farqni ikkitaga oshirdi. Uchrashuvga qo‘shib berilgan daqiqalarda Mbappe yana bir bor gol urib, dublni rasmiylashtirdi. Shu tariqa PSJ chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Ushbu bosqichning qolgan o‘yinlari 6-aprel sanasiga belgilangan.

Fransiya Kubogi

1/8 final bahsi

17-mart, chorshanba

PSJ – “Lill” 3:0

Gollar: 1:0 – 9 Ikardi, 2:0 – 41, penalti Mbappe, 3:0 – 90+3 Mbappe.

PSJ: Navas, Dagba (Florensi, 46), Markinyos, Kurzava, Diallo, Paredes, Rafinya (Verratti, 69), Guye (Danilu Pereyra, 70), di Mariya, Kin (Draksler, 79), Ikardi (Mbappe, 39).

“Lill”: Menyan, Bradarich, Chelik (Pye, 74), Tiagu Jalo, Botman, Sheka (Andre, 62), Sumare, Yaziji, Luis Araujo (Ikone, 74), Yilmaz (Devid, 46), Vea (Bamba, 62).

Ogohlantirishlar: Rafinya (3), Bradarich (18), Tiagu Jalo (40), Sheka (44), Guye (64), Mbappe (78), Ikone (80).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Virtual kartalar nima va ulardan qanday qilib to‘g‘ri foydalanish mumkin?
Dunyo
Twitter ofisida xodimlar uchun karavotlar paydo bo‘ldi, Ilon Mask avvalroq me’yoridan ortiqcha ish bo‘lishi haqida ogohlantirgandi
Mahalliy
Xorazmda ikki kishi is gazidan vafot etdi