Bekobodning “Metallurg” klubi jamoada murabbiylar almashganini ma’lum qildi.

Foto: “Metallurg” FK

Klub matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, “Metallurg”ni boshqarib kelayotgan Andrey Shipilov Superliga 1-turi doirasida “Surxon”ga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyatdan keyin iste’fo so‘ragan. Klub murabbiyning so‘rovini qabul qilgan. Shipilov 2018-yilda bekobodliklar boshqaruviga tayinlangandi.

Foto: “Metallurg” FK

Shipilov o‘rnini “Paxtakor” sobiq yordamchi murabbiyi Jasur Abduraimov egalladi. Abduraimov 16-mart kuni klub a’zolariga yangi bosh murabbiy sifatida tanishtirilgan. Jamoa shu kuni Superliga 2-turi doirasida “Bunyodkor”ga qarshi o‘ynaydi.

Shu tariqa Superliga 2021-yilgi mavsumi 1-tur o‘yinlaridan keyin ikkinchi murabbiy o‘z lavozimini tark etdi. Avvalroq “Navbahor” ustozi No‘mon Hasanov iste’foga chiqarilgan va uning o‘rnini Viktor Jalilov egallagandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!