“Real” hujumkor yarim himoyachisi Eden Azar jarohat oldi.
Avvalroq “Real” futbolchi bel mushaklarini shikastlab olgani haqida ma’lum qilgandi.
AS ma’lumotlariga ko‘ra, 30 yoshli futbolchi mazkur jarohat sabab taxminan bir oy maydonga tusha olmaydi.
Eng optimistik variantda Azar “Barselona”ga qarshi kechadigan 11-aprel kungi o‘yinga qadar safga qaytadi.
Azar “Real”ga kelganidan beri jarohat sabab 320 kun mobaynida madridliklarga yordam bera olmadi. Bu futbolchi uchun “Real” safidagi o‘ninchi jarohat bo‘ldi.
Belgiyalik futbolchi 2019-yilning yozida “Chelsi”dan “Real” safiga o‘tgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)