Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning singlisi, Koreya Mehnat partiyasi (KMP) Siyosiy byurosi a’zosi Kim Yo Chjon Janubiy Koreya va AQShning qo‘shma harbiy mashg‘ulotlari munosabati bilan KXDRning Vatanni tinch yo‘l bilan birlashtirish bo‘yicha tuzilgan qo‘mitani tugatish masalasini ko‘tarib, Seul bilan tuzilgan tinchlik bitimidan bosh tortishi haqida tahdid qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

Foto: Spar

Foto: Spar

“Shu paytgacha biz vatandoshlarga qaratilgan qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarning o‘ziga qarshi edik ... Biz buni bir necha bor ta’kidladik, sabr-toqat ko‘rsatdik va hatto barcha imkoniyatlarni berdik. Shunga qaramay, Janubiy Koreya rasmiylari butun xalq oldida yana ‘iliq mart oyi’ni emas, balki ‘urushli mart oyi’ni tanladi”, — deyilgan Kim Yo Chjonning Koreya Markaziy telegraf agentligi tomonidan e’lon qilingan bayonotida.

U harbiy mashg‘ulotlar va muzokaralar bir-biriga mos kelmasligini ta’kidlagan. “Janub bilan muloqot qilish uchun tuzilgan Vatanni tinch yo‘l bilan birlashtirish qo‘mitasi — hozirgi vaziyatda endi keragi bo‘lmay qolgan tashkilotni tugatish masalasini ko‘tarishimizga to‘g‘ri keladi”, — degan Shimoliy Koreya rahbarining singlisi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, KXDR Kimgan tog‘i xalqaro turizm byurosini tarqatib yuborish haqida ham o‘ylab ko‘radi.

“Biz kelajakda Janubiy Koreyaning munosabati va xatti-harakatlarini kuzatib boramiz va agar u haddidan oshaversa, koreyalararo harbiy kelishuvdan jasorat bilan voz kechish kabi noodatiy choralarni ko‘rishimiz mumkin”, — degan Kim Yo Chjon. Bundan tashqari, u AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyatini yaqin to‘rt yil ichida bemalol uxlashimga to‘sqinlik qiladigan hech narsa qilmagani yaxshiroq, deb ogohlantirgan.

Bu Shimoliy Koreyaning Bayden ma’muriyatiga prezident inauguratsiyadan keyingi birinchi murojaatidir. Bu haqda AQSh davlat kotibi Entoni Blinken va mudofaa vaziri Lloyd Ostinning ushbu haftada rejalashtirilgan Janubiy Koreyaga safari oldidan ma’lum qilindi. Seulda Blinken va Ostin bilan o‘tkaziladigan munozaralarning bosh mavzularidan biri KXDR bo‘lishi kutilmoqda.

Avvalroq Oq uy fevral o‘rtalaridan buyon bir nechta diplomatik kanallar, shu jumladan, Nyu-Yorkdagi kanallar orqali Pxenyan bilan bog‘lanishga urinib kelgani, ammo Shimoliy Koreya rahbariyati bu urinishlarni e’tiborsiz qoldirganini aytgan edi.

Janubiy Koreya va Qo‘shma Shtatlar o‘tgan haftaning boshida koronavirus holatini hisobga olgan holda “minimal darajadagi qo‘shin” ishtirokidagi bahorgi qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarni boshlagan. Mashg‘ulotlar 18-martgacha davom etadi. Shimol anchadan buyon ittifoqchilar o‘rtasidagi qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarni to‘xtatishni talab qilib keladi va mashg‘ulotlarni bosqinchilik uchun tayyorgarlik sifatida qoralaydi.

2018-yil 19-sentabrda imzolangan Koreyalararo harbiy kelishuvga muvofiq, ikki Koreya keskinlikni kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuini muhokama qilish va amalga oshirilishini nazorat qilish uchun qo‘shma harbiy maslahat organini tuzishga kelishib olgan edi.

Koreyalararo munosabatlar 2019-yil boshida AQSh va Shimoliy Koreya sammiti KXDRni yadrosizlantirish to‘g‘risidagi yakuniga yetmagan kelishuvidan keyin to‘xtab qoldi. Natijada Shimoliy va Janubiy Koreya o‘rtasidagi munosabatlar faqat yomonlashib bordi. 2020-yil iyun oyida KXDR hukumati Seul bilan barcha mavjud aloqa kanallari orqali aloqalarni to‘xtatganini e’lon qildi. Keyinchalik qurolsizlantirish zonasi yaqinidagi Kesong texnoparkidagi Koreyalararo aloqalar bo‘yicha idoraning portlatilgani haqida xabar berildi. KXDR ma’muriyati o‘zlarining qarori bilan bino vayron bo‘lganini tasdiqlagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Britaniya hukumati “Vagner”ni terrorchi tashkilot deb e’lon qilmoqchi — The Telegraph
Dunyo
AQSHda xavfli moddalarni olib ketayotgan yuk poyezdi relsdan chiqib ketdi (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo bo‘ladi?