Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkentning Shayxontohur tumanida joylashgan Evos umumiy ovqatlanish shoxobchasida yong‘in yuz berdi.

Foto: Videodan skrin

Foto: Videodan skrin

FVV matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, yong‘in 14-mart kuni soat 20:32 da sodir bo‘lgan va shoxobchaning 10 kvadrat metr maydoni zarar ko‘rgan. Voqea joyiga Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yong‘in-qutqaruv guruhi soat 20:32 da yetib borib, 20:46 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.

Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘inning taxminiy sababi va zarari aniqlanmoqda.

Avvalroq Toshkentdagi “Shovotlandiya” kafesi yoqib yuborilishi oqibatida besh kishi — ikki nafari erkak, uch nafar ayol halok bo‘lgani, qasddan yoqib yuborgan shaxs ushlangani haqida xabar berilgandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Oʻzbekistonda yashil energetika davri boshlanganiga uch yil boʻldi. Nimalar oʻzgardi?
Mahalliy
Fotoreportaj: Prezident tashrifiga tayyorgarlik ko‘rayotgan Namangan
Sport
Lionel Messi Krishtianu Ronalduning rekordini yangiladi