Toshkentning Shayxontohur tumanida joylashgan Evos umumiy ovqatlanish shoxobchasida yong‘in yuz berdi.
FVV matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, yong‘in 14-mart kuni soat 20:32 da sodir bo‘lgan va shoxobchaning 10 kvadrat metr maydoni zarar ko‘rgan. Voqea joyiga Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yong‘in-qutqaruv guruhi soat 20:32 da yetib borib, 20:46 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.
Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘inning taxminiy sababi va zarari aniqlanmoqda.
Avvalroq Toshkentdagi “Shovotlandiya” kafesi yoqib yuborilishi oqibatida besh kishi — ikki nafari erkak, uch nafar ayol halok bo‘lgani, qasddan yoqib yuborgan shaxs ushlangani haqida xabar berilgandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)