Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Poytaxtdagi Tashkent City ishbilarmonlik markazi hududida qurilayotgan Nest One turar joy kompleksida yong‘in kelib chiqdi.

FVV matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, hodisa 10-mart kuni soat 10:02 da, turar joy kompleksidagi bitmagan binoning yerto‘lasida sodir bo‘lgan: 2 kvadrat metr maydonda penoplast yongan.

Voqea joyiga Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yong‘in qutqaruv guruhlari zudlik bilan yetib borib, qisqa vaqt ichida yong‘inni bartaraf etgan.

Hodisadan jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning noyabr oyi boshlari va dekabr oyida ham Tashkent City hududida qurilayotgan binolarning birida yong‘in yuz bergandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Oʻzbekistonda yashil energetika davri boshlanganiga uch yil boʻldi. Nimalar oʻzgardi?
Mahalliy
Fotoreportaj: Prezident tashrifiga tayyorgarlik ko‘rayotgan Namangan
Sport
Lionel Messi Krishtianu Ronalduning rekordini yangiladi