Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Kombojada 11-mart kuni pandemiya boshlanganidan buyon koronavirus bilan bog‘liq birinchi o‘lim holati qayd etilgani haqida xabar berildi, deb yozmoqda Associated Press.

Foto: Southeast Asia Globe

Foto: Southeast Asia Globe
Marhum Sianukvil qirg‘og‘ida ishlaydigan 50 yoshli haydovchi bo‘lgan. Fevral oyida unda koronavirus aniqlangan, 11-mart kuni tongda kasalxonada vafot etgan.

Pandemiya boshidan buyon Kambojada 1163 ta virus bilan zararlanish holati ro‘yxatga olingan. Hozir mamlakat COVID-19’ning yangi to‘lqini bilan kurashmoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, koronavirusning navbatdagi to‘lqini fevral oyining boshlarida karantin qoidalarini buzib, tungi klubga borgan chet elliklar tomonidan qasddan qilingan bo‘lishi mumkin.

20-fevraldan boshlab mamlakat poytaxti Pnompen hamda Kandal va Sianukvil provinsiyalarida maktablar, kinoteatrlar, barlar, muzeylar va ko‘ngilochar joylar yopildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Oʻzbekiston energetikasi: ortayotgan talab, taqchillik va koʻrilayotgan choralar haqida
Dunyo
Qirg‘izistonda 9 kishida “Seftriakson”ga allergik reaksiya kuzatildi, bir kishi vafot etdi
Mahalliy
Besh yilda 218 mingdan koʻproq xonadon. Oʻzbekistonda uy-joy muammosi qanday hal etilmoqda?