Amna Imran − Ayshvariya Rayning pokistonlik qiyofadoshi. Amna “Dunyo go‘zali” bilan o‘xshashlikdan unumli foydalangan holda unga o‘xshash suratlarini Instagram sahifasiga joylashtirib boradi. Bu haqda Bollywoodtime xabar berdi.

Foto: Bollywoodtime

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari uni ko‘rganidan so‘ng Amna mashhur bo‘lib, Pokiston kinoijodkorlari e’tiborini tortdi. Ko‘pchilik unga allaqachon filmlarda o‘ynash taklifi bilan murojaat qilgan. Ammo qiz hozircha hech qanday qaror qabul qilmagan.

Foto: Instagram / @aamna_imrann

Ma’lumotlarga ko‘ra, Amna AQShda tibbiyot mutaxassisi. Uning butun oilasi tibbiyot xodimi, ammo Imran kasbini o‘zgartirishga va aktrisa bo‘lishga qarshi emas.

Foto: Instagram / @aamna_imrann

“Menga Pokistondan bir nechta takliflar tushdi. Kelajakdagi imkoniyatlarga ishonaman va bunga umid qilaman. Butun dunyo odamlarining sevgisini, mehrini va qo‘llab-quvvatlashini his qilishdan juda mamnunman. Shuningdek, ingliz, urdu tillarida ravon so‘zlashaman. Fors va panjobchani esa tushunaman. Umid qilamanki, yaqinda filmlarda debyut rolni ijro etishim mumkin”, − deydi u “Hundustan Times” nashriga bergan intervyusida.

Foto: Instagram / @aamna_imrann

Foto: Instagram / @aamna_imrann

Foto: Instagram / @aamna_imrann

Foto: Instagram / @aamna_imrann

Foto: Instagram / @aamna_imrann

Foto: Instagram / @aamna_imrann

Foto: Instagram / @aamna_imrann

Foto: Instagram / @aamna_imrann

Foto: Instagram / @aamna_imrann