Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Jinsi shimlar vaqt va tendensiyalarga bog‘liq bo‘lmagan, hech qachon urfdan qolmaydigan kiyim hisoblanadi. Ammo har mavsumda yangi bichimlar, shimning kengligi va, eng muhimi, uzunligi o‘zgaradi. Bu yilgi bahor mavsumida qanday uzunlikdagi jinsi shimlar urfda bo‘lishi haqida gaplashamiz.

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Aslida, universal uzunlik – to‘piqdan sal balandda bo‘lib, bu deyarli har qanday modelga mos keladi. Bunday uzunlik jinsi shimlarni krossovka, shuningdek, rasmiy poyabzal bilan ham kiyishga imkon beradi. Bundan tashqari, bunday uzunlikni xohishingizga qarab bir yoki ikki marta qayirish bilan osongina qisqartirish mumkin.

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

To‘piqdan balandroq uzunlikdagi shim bilan esa bosonojka, baletka hamda yozgi oyoq kiyimlarni kiyish mumkin.

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Agar sizga 90-yillar uslubidagi tekis jinsi shim yoqsa va krossovka bilan kiyishni rejalashtirsangiz, poyabzalingizning yuqori qismini biroz qoplaydigan uzunlikdagisini tanlang. Juda uzun jinsi xunuk burmalar hosil qiladi, kaltalari esa kerakli obrazni yaratolmaydi.

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Botilyonlar bilan kiyish uchun poyabzalning yuqorisidan 5-7 santimetr balandlikda tugaydigan, lekin unchalik keng bo‘lmagan qisqa jinsi shimni tanlang. Shimning pastki qismi botilyonning yuqori qismiga mutanosib bo‘lgani ma’qul.

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Agar beldan yoki tizzadan boshlab kengaygan jinsini afzal ko‘rsangiz, bunday bichimdagi shimda poyabzalni butunlay yashirgan yaxshi.

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Ushbu mavsumda tizzadan biroz pastga tushib turadigan shimlar urfga kirishi mumkin. Tekis yoki biroz klyoshli, klassik ranglar bo‘lgan to‘q ko‘k va moviy rangdagi jinsi shimlarni tavsiya qilamiz.

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘tgan yili birja bozorlarimiz rekord darajada o‘sdi — Respublika valyuta birjasi
Mahalliy
Andijonda kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan rahbarlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Iqtisodiyot
“Rossiyaga qarshi eng yaxshi strategik javob”: Ukraina farmatsevtika kompaniyasi O‘zbekistondagi “Reka-Med”ni sotib oldi