Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Kyulotlar — bugungi kunda urfda bo‘lgan zamonaviy shimlardan biri. Takrorlanmas obraz yaratish uchun ularni qanday koftalar bilan kiyish kerak? Ushbu savolga javobni Keyt Middlton yaratgan obrazlar orqali topish mumkin.

Bel qismida katta oq tugmachalari mavjud to‘q rangdagi kyulotlar dengizchilar libosiga o‘xshash koftalar bilan ajoyib kombinatsiyani hosil qiladi. Ushbu obrazni esa baland poshnali tufli hamda kichik hajmdagi sumkalar yanada boyitadi.

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Mazkur bichimdagi kyulot yuqoridagiga o‘xshash, ammo bichim va tasvir borasida biroz boshqacha kofta bilan uyg‘unlashtirilgan. Shuningdek, oq krassovka bilan kundalik uslub uchun ajoyib obraz yaratilgan.

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Odatda kyulotlar bilan yangicha obraz yaratish qiyinchilik tug‘dirmaydi. Masalan, mallarangdagi shimni oq kofta hamda krassovka bilan birlashtirish rasmiy va sport uslublarining aralashmasi hisoblanadi. Qolaversa, muhim rasmiy uchrashuvlar uchun shunchaki poshnali oyoq kiyim kiyish kifoya.

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Ofis va boshqa joyda ishlovchi ayollar uchun ham qulay bo‘lgan kyulotlarni oq xolli qora kofta bilan birlashtirish tavsiya etiladi. Sababi urfdan qolmaydigan bu kabi xolli koftalarni har qanday ayol garderobidan topish mumkin. Obraz esa barchaga ma’qul kelishi shubhasiz.

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Ranglar orasiga yaqinda qo‘shilgan xaki va unga umuman mos bo‘lmagan baqlajon rangdan ham kutilmagan yangicha obraz hosil qilish mumkin. Yengil sviter, qomatni alohida ta’kidlovchi kyulot va unga mos poyabzal Keytni yanada nozik ayolga aylantirgan.

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Mashina olib berishni vaʼda qilib, 248 kishini 12 mlrd so‘mga chuv tushirgan firibgarlarga hukm o‘qildi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Nukusdagi xonadonda iftorlik qildi (video)
Dunyo
Blinken AQSH fuqarolarini zudlik bilan Rossiyani tark etishga chaqirdi