Bahorgi obraz: Krossovkani qanday kiyimlar bilan moslash tavsiya qilinadi?
Krossovka moda ixlosmandlarining eng sevimli poyabzallaridan biri hisoblangani bilan ko‘pchilik uni jinsi va oddiy liboslar bilan kiyishning o‘zi bilan cheklanadi. Aslida esa ushbu oyoq kiyimni istalgan kiyim bilan moslab, o‘ziga xos ko‘rinishga ega bo‘lish mumkin.
Foto: Cosmopolitan
So‘nggi vaqtlar trenddan tushmay qolgan keng va romantik uslubdagi yubkani faqatgina poshnali tufli bilan moslash kerak deb, kim aytdi? Oq krossovka bilan bunday obraz yanada esda qolarli va qiziqarli ko‘rinishga ega bo‘ladi. Unga oddiy yoki printli futbolka qo‘shishingiz, noodatiy ko‘rinish uchun esa old qismini bog‘lashingiz mumkin.
Foto: Cosmopolitan
Oq tyul matosidan tikilgan libos bilan qora krossovka ko‘pchilik uchun odatiy bo‘lmagan kombinatsiya hisoblanadi. Libosning o‘zi sport uslubidagi mazkur poyabzal bilan g‘alati ko‘rinib qolmasligi uchun ustingizga uzun, qora palto kiyish tavsiya qilinadi.
Foto: Cosmopolitan
Shuningdek, oq krossovkani bahor faslining asosiy trendlaridan hisoblangan kostyum-shorti bilan kiyish ham o‘ziga xos uslubda bo‘lishga sabab bo‘ladi. Buning uchun keng shorti va oversize bichimli jaket tanlang. Mazkur umumlashma 80-yillarga xos ekani sabab krossovkani ixcham bo‘lmaganini tanlaganingiz yaxshi.
Foto: Elle
Jinsi bilan kiyadigan bo‘lsangiz, obrazni sport uslubidagi uzun, oq paypoq bilan yakunlang. Uni shim ustidan chiqarsangiz, yanada zamonaviy ko‘rinasiz. Ustingizdan charmdan tikilgan keng kurtka kiying.