Asus kompaniyasi tez orada geymerlar uchun mo‘ljallangan yangi ROG Phone 5 smartfonining to‘laqonli taqdimotini o‘tkazadi. Yangi qurilma nafaqat qo‘shimcha displey, balki keng hajmli tezkor xotira — 18 gigabaytga ega bo‘lishi kutilmoqda, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.
Hozirga qadar smartfonlarga o‘rnatilgan eng katta tezkor xotira 16 gigabaytni tashkil etmoqda, biroq odatda u o‘yin uchun mo‘ljallangan flagmanlarga o‘rnatiladi. Zamonaviy “oddiy” qurilmalar 8 gigabaytdan katta tezkor xotira kamdan kam hollarda ega bo‘ladi, eng qimmat iPhone 12 Pro Max’ga masalan, 6 gigabayt tezkor xotira o‘rnatilgan.
ROG Phone 5’ga yangi Snapdragon 888 protsessori va 144 gertsli yangilanish chastotasiga ega AMOLED-displey o‘rnatiladi. Yangi chip yaxshilangan sovutish tizimiga qo‘shimcha yordam berishi va muntazam yuklama vaqtida takt chasotasi “tashlab yubormasligini” ta’minlashi kerak. Shuningdek, smartfon sig‘imi 6000 mA/soatga teng akkumulyator bilan jihozlanadi.
Qiziq jihati, Asus’ning bundan oldingi smartfoni ROG Phone 3 edi — kompaniya irim-sirimlar sabab smartfonga to‘rt raqamini bermagan. Ayrim Osiyo davlatlarida ushbu raqam omadsiz hisoblanadi, shu sababli uchinchi seriyadan keyin smartfonning birdaniga beshinchi seriyasi taqdim etilmoqda.
Hozircha ROG Phone 5 narxi qanchani tashkil etishi noma’lum, undan oldingi versiyasi 800 dollardan sotilgan edi.