Daryo

Realme geymerlar uchun salkam 2 dollarlik aksessuarini taqdim etdi

Materialga hech qanday elektronika o‘rnatilmagan, shu sababli ular juda arzon

1 daqiqa o‘qish20 872 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Hi-Tech.Mail.ru

Ko‘plab mobil o‘yinlar kompyuterlar uchun mo‘ljallangan klassik o‘yinlar va konsollardan ko‘ra mashhurlikka erishmoqda. Shu sababli mobil geymerlar yaxshiroq natijaga erishishi uchun tobora ko‘proq aksessuarlar paydo bo‘lmoqda, deb yozadi Hi-Tech.Mail.ru.

Foto: Hi-Tech.Mail.ru

Realme kompaniyasi barmoqlar uchun “kumush tola” nomli maxsus materialdan ishlangan ixtironi taqdim etdi, u o‘yinlarni yanada oson va aniqroq o‘ynash imkonini beradi. Ushbu material juda yupqa — 0,25 millimetr, shu sababli o‘yinchi uni deyarli sezmaydi.

Shuningdek, bu kabi barmoqqoplar ekran terlab ketib, barmoqlar sirpanishni boshlaydigan uzoq davom etuvchi sessiyalarda yordam beradi.

Materialga hech qanday elektronika o‘rnatilmagan, shu sababli ular juda arzon — 129 hind rupiysi (1,77 dollar) turadi.

Avvalroq Xiaomi geymerlar uchun musiqiy lampalar jamlanmasini taqdim etgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Xiaomi geymerlar uchun hamyonbop Redmi G noutbugini taqdim etdi

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar