Dunyoning eng yirik sement kompaniyalari o‘ntaligiga kiruvchi “Yevrosement” “Ohangaronsement”dagi o‘z aksiyalarini sotuvga qo‘ydi. Bu haqda “Toshkent” fond birjasi ma’lumotlarida keltirilgan.
Kompaniya kelishilgan kimoshdi savdosi rejimida o‘tkaziladigan birja bitimini e’lon qilgan. Gap bitta aksiyasi 103 593 so‘mdan bo‘lgan 4 141 108 ta oddiy ro‘yxatdan o‘tgan, nomulkiy aksiyalar haqida ketmoqda. Bu xoldingning kompaniyadagi butun 84,19 foiz ulushi hisoblanadi.
Aksiyalar bitta lot ostida sotilmoqda. Agarda bitim mazkur sharoitlar asosida o‘tkazilsa, uning umumiy qiymati 420 milliard so‘mdan ortadi.
“Yevrosement” kompaniyasi MDHda eng yirik sement ishlab chiqaruvchilardan biri hisoblanadi (sement, beton, temir-beton mahsulotlari ishlab chiqaradigan 19 ta zavodga ega). Avvalroq Rossiyaning “Sberbank” banki “Yevrosement”ni auksion orqali sotuvga qo‘ygan edi.
Izoh (0)