• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Shahar bosh rejasiga zid joylashtirilgan, loyihada 2 qavatli bo‘lsa-da 4 qavatli bino qurilgan”. Buxoroda noqonuniy qurilayotgan binolar ma’lum qilindi

    Qurilish vazirligi va qurilish sohasidagi hududiy nazorat inspeksiyasi Buxoro viloyatida qurilayotgan binolarining holatini o‘rganib chiqdi.

    Vazirlik matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Buxoro shahri Islom Karimov (Mustaqillik) ko‘chasi 24/1-uy manzilida joylashgan Beluga story and burgers MChJ tomonidan qurilayotgan 1 va 2-qavatlarida savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasi joylashgan ko‘p qavatli ko‘p xonadonli turar joy binosi o‘rganilganda, qavatlararo yopmalarda – ikkinchi qavat yopmalar qoplamalarida tabiiy qor va yomg‘irlardan keyingi asoratlar va mog‘orlar hosil bo‘lgan. Ustun va to‘sinlarning burchaklari uchib ketgan.

    Binoning tashqi devorlari KMK 2.01.03-19 “Zilzilaviy hududlarda qurilish”ning 3.2.5 bandiga mos loyihalashtirilmagan. Binoning tashqi devor konstruksiyalarida loyiha va vizual tekshirishda deraza darchalarini mustahkamlash choralari ko‘rilmagan. To‘sinni seysmik belbog‘ga bog‘lovchi armaturaviy ankerlar o‘rnatilmagan. Beton mustahkamligi g‘isht terish uchun sementli qorishmaning mustahkamligi bo‘yicha lobaratoriya sinovlari o‘tkazilmagan bo‘lib, yashirin ishlar dalolatnomasi va umumiy payvandlash beton ishlari jurnali yuritilmagan. Binoning asosiy konstruksiyalari (ustun va rigel) beton markasi aniqlanganda, loyihada ko‘rsatilgan M250-M300 beton marka o‘rniga amalda M150-M200 qilib bajarilganligi ma’lum bo‘ldi. Mazkur konstruktiv nuqsonlar esa bino zilzilabardoshligiga ta’sir ko‘satadi.

    Yuqorida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun Buxoro viloyati QS’HN (Qurilish sohasidagi hududiy nazorat) inspeksiyasi tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar berilgan va ijrosi nazoratga olingan.

    Foto: Qurilish vazirligi axborot xizmati

    Foto: Qurilish vazirligi axborot xizmati

    Shuningdek, Buxoro viloyati Buxoro shahri G‘ijduvon ko‘chasi manzilida joylashgan Metric ventures MChJ tomonidan qurilayotgan “Mehmonxona” binosi o‘rnatilgan tartibda inspeksiyani xabardor qilmasdan qurilish montaj ishlarini boshlaganligi sababli Buxoro viloyat QS’HN inspeksiyasi tomonidan 2020-yil 1-maydagi 538/05-sonli ogohlantirish xati berilgan. Qavatlararo yopmalarda – oxirgi qavat yopmalar qoplamalarida esa tabiiy qor va yomg‘irlardan keyingi asoratlar va mog‘orlar hosil bo‘lgan.

    Binoning asosiy konstruksiyalari (ustun va rigel) beton markasi aniqlanganda, loyihada ko‘rsatilgan M300 beton marka o‘rniga amalda M200-M300 qilib bajarilganligi ma’lum bo‘ldi. Ustun va to‘sinlar tutash qismda montaj vaqtida montaj penasidan foydalanilgan, ko‘p tugunlarda montaj penasining ko‘payib ketganligi uchun tugunda g‘ovaklar hosil bo‘lgan. Hozirgi kunda tasdiqlangan loyiha asosida qurilish-montaj ishlari olib borilmayotganligi sababli yuqorida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun inspeksiya tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar berilgan.

    Foto: Qurilish vazirligi axborot xizmati

    Foto: Qurilish vazirligi axborot xizmati

    Yana bir holat Buxoro shahri Hamza ko‘chasi manzilida joylashgan “Bunyodkor shaharsozlik” MChJ tomonidan qurilayotgan 1 va 2-qavatlarida savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasi joylashgan ko‘p qavatli turar joy binosi hamda qad ko‘targan konstruksiyalarini vizual tekshirilganda qavatlararo yopmalarda – ikkinchi qavat yopmalar qoplamalarida tabiiy qor va yomg‘irlardan keyingi asoratlar va mog‘orlar hosil bo‘lgani aniqlangan. Ustun va to‘sinlarning burchaklari esa uchib ketgan.

    Binoning asosiy konstruksiyalari (ustun va rigel) beton markasi aniqlanganda, loyihada ko‘rsatilgan M250-M300 beton marka o‘rniga amalda M150-M250 qilib bajarilganligi ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, binoning qurilishi hali tugallanmaganligi, uchinchi qavatda ustunlar bino o‘qlariga nisbatan ruxsat etilgan me’yordan ortiq siljish bilan bajarilganligi bo‘yicha buzib to‘g‘rilash mumkinligi ta’kidlandi. Qurilish montaj ishlarida bir qator kamchiliklar aniqlanganligi sababli hududiy inspeksiyaning 2020-yil 4-noyabrdagi 293-sonli tegishli ko‘rsatmasi berilgan.

    Foto: Qurilish vazirligi axborot xizmati

    Foto: Qurilish vazirligi axborot xizmati

    O‘rganish davomida Buxoro shahridagi Sadriddin Ayniy ko‘chasi 12-uy manzilida joylashgan Development Dream House MChJ tomonidan qurilayotgan 1 qavatida savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasi joylashgan ko‘p qavatli turar joy binosi o‘rnatilgan tartibda Buxoro viloyat QS’HN inspeksiyasini xabardor qilmasdan qurilish-montaj ishlarini boshlagani aniqlangan. Shu bois Buxoro shahar Ma’muriy sudining 2019-yil 9-dekabrdagi qarori bilan MChJ rahbarini tegishli hujjatlarni rasmiylashtirmasdan turib qurilish ishlarini boshlaganligi uchun MJtK 99-moddasi 7-qismi bilan ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

    Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi “Arxitektura va qurilish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror bilan tasdiqlangan nizomning 5-ilovasiga asosan Buxoro viloyati Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasiga 2020-yil 29-avgustda qurilish ishlarini boshlash haqidagi xabarnomasi berilgan. Buxoro viloyat QS’HN inspeksiyasi tomonidan 2020-yil 29-avgustdagi 772-son bilan ro‘yxatgan olingan. Hozirgi kunda tasdiqlangan loyiha asosida binoning 4 qavatida qurilish montaj ishlari olib borilmoqda.

    Foto: Qurilish vazirligi axborot xizmati

    Foto: Qurilish vazirligi axborot xizmati

    Aniqlanishicha, Buxoro shahrining bosh rejasiga asosan qaydnoma (eksplikatsiya)da 255-son bilan “Amu-Buxoro Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi” binolari bo‘lishi rejalashtirilgan. Ammo bosh rejani qo‘pol ravishda buzgan holda Buxoro shahri Islom Karimov ko‘chasi manzilida “Buxoro zamonaviy uy-joy” MChJ tomonidan 1 qavatida savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasi joylashgan ko‘p qavatli turar joy binosi “Buxoro zamonaviy uy-joy” tomonidan qurilayotganligi ma’lum bo‘lgan. Keyinroq Buxoro shahar hokimining 2018-yil 14-iyundagi “Qurishga ruxsat berish to‘g‘risida”gi 2027-sonli qarori bilan Buxoro shahar I.Karimov ko‘chasi manzilida joylashgan “Buxoro zamonaviy uy-joy” tomonidan qurilayotgan turar joy binosini qurishga ruxsat berilgan. Ammo hozirgi kunda tasdiqlangan loyihadan chetga chiqqan holda qurilish montaj ishlari olib borilayotganligi sababli Buxoro viloyat QS’HN inspeksiyasi tomonidan 2021-yil 28-yanvardagi 4049-sonli ko‘rsatmasi berilgan.

    Foto: Qurilish vazirligi axborot xizmati

    Foto: Qurilish vazirligi axborot xizmati

    Yanv bir holatda Buxoro shahri Sanoatchilar ko‘chasi manzilida joylashgan “Buxoro Konsmetalliks” MChJ tomonidan qurilayotgan savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasi binosi ishlab chiqilgan Buxoro shahri bosh rejasiga asosan zid joylashtirilgan va tasdiqlangan loyiha hujjatlarida 2 qavatli bo‘lsada joyida 4 qavatli bino qurilgani malum bo‘lgan.

    “Buxoro Konsmetalleks” MChJ “Shaharsozlik kodeksi”ning 3 va 8-moddalari talablarini qo‘pol ravishda buzganligi sababli 2020-yil 16-dekabrda xat bilan Buxoro shahar mamuriy sudiga oshirilgan, Buxoro shahar Ma’muriy sudining 2020-yil 16-dekabrdagi qarori bilan “Buxoro Konsmetalleks” MChJ rahbarini MJtK 99-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy javobgarlikka tortilgan. Shuningdek, qurilish montaj ishlarida bir qator kamchiliklar aniqlanganligi sababli 2020-yil 4-noyabrda hududiy inspeksiya tomonidan 293-sonli ko‘rsatma berilgan.

    Foto: Qurilish vazirligi axborot xizmati

    Foto: Qurilish vazirligi axborot xizmati

    Tekshirish davomida aniqlandiki, Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani “Degrezon” MFY Degrezon ko‘chasi manzilida joylashgan “Obod Avto Trans Q S” MChJ tomonidan qurilayotgan Savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari va ko‘p qavatli turar joy binolari hamda ma’muriy bino sifatida qayta rekonstruksiya qilinayotgani o‘rganilganda obyekt loyihada uch qavatli bo‘lib, u besh qavatli qilib qurilgan.

    Qavatlararo yopmalarda – beshinchi qavat yopmalar qoplamalarida tabiiy qor va yomg‘irlardan keyingi asoratlar va mog‘orlar hosil bo‘lgan hamda ustun va to‘sinlarning burchaklari uchib ketgan, ayrim konstruksiyalarda betonlarda g‘ovaklar mavjud va konstruksiyalarning armaturalari ochilib qolgan. Binoning asosiy konstruksiyalari (ustun va rigel) beton markasi aniqlanganda, loyihada ko‘rsatilgan M250-M300 beton marka o‘rniga amalda M150-M200 qilib bajarilgan.

    Asosiy aniqlangan nuqson hamma qavatlarida karkasning bo‘ylama to‘sinlari va “A*”o‘qning“2*” va “3*” o‘qlar ustun mavjud emasligidir. Mazkur konstruktiv nuqsonlar bino zilzilabardoshligiga ta’sir ko‘satadi. Yuqorida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun inspeksiya tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar berildi va ijrosi nazoratga olindi.

    Foto: Qurilish vazirligi axborot xizmati

    Foto: Qurilish vazirligi axborot xizmati

    Shuningdek, Buxoro shahri Dilkusho ko‘chasi manzilida joylashgan “Loyihasuv qurilish” MChJ tomonidan qurilayotgan bo‘lgan savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasi hamda ofis binosi Buxoroning ishlab chiqilgan bosh rejasiga zid ravishda joylashtirilgan hamda hozirgi kunda qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda. Obyekt tegishli mutaxassislar tomonidan chiqib ko‘zdan kechirilganda tasdiqlangan loyiha hujjatlarida ko‘rsatilgan tarx qismi ham nomutanosibligi aniqlandi.

    “Loyihasuv qurilish”ning mulki bo‘lgan ushbu obyekt 2020-yil 24-yanvardagi KSH №018150 BH sonli oldi sotdi shartnomasiga asosan Dilmurod Safarov  Sayfilloyevichga sotilganligi ma’lum bo‘ldi.

    Tasdiqlangan loyihadan chetga chiqqan holda qurilish-montaj ishlari olib borilayotganligi sababli mas’ullarga 2020-yil 21-oktabrda 1/M.D/1-sonli ogohlantirish xati berilgan va qo‘shimcha tarzda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar berilgan.

    Foto: Qurilish vazirligi axborot xizmati

    Foto: Qurilish vazirligi axborot xizmati

    O‘rganish davrida Buxoro shahri Dilkusho ko‘chasida joylashgan fuqaro Olim Yodgorov Davronovich tomonidan qurilayotgan 1-qavatida savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasi joylashgan ko‘p qavatli turar joy binosi tekshirilganda ham qavatlararo yopmalarda – oxirgi qavat yopmalar plita qoplamalarida tabiiy qor va yomg‘irlardan keyingi asoratlar hamda mog‘orlar hosil bo‘lgani ko‘rilgan.

    Binoning asosiy konstruksiyalari (ustun va rigel) beton markasi aniqlanganda, loyihada ko‘rsatilgan M250-M300 beton marka o‘rniga amalda M150-M250 qilib bajarilgan. Shuningdek, qurilish sohasidagi hududiy nazorat inspeksiyasidan kech ro‘yxatdan o‘tganligi uchun konstruksiyasini joyga nisbatan tekshirish, instrumental texnik tekshiruvdan so‘ng olingan ma’lumotlarni nazarda tutgan holda konstruksiyalarini hisob-kitob qilish tavsiya etilgan. Jumladan, tasdiqlangan loyiha xujjatlarida ko‘rsatilgan tarx qismi nomutanosibligi ham bildirilgan. Hozirgi kunda tasdiqlangan loyihadan chetga chiqqan holda qurilish-montaj ishlari olib borilayotganligi sababli hududiy inspeksiya tomonidan 2021-yil 28-yanvarda 4048-sonli ko‘rsatma berilgan va ijrosi nazoratga olingan.

    Avvalroq, Toshkentda bir qator ko‘p qavatli turar joy binolari noqonuniy qurilayotgani aniqlansa-da, qurilish ishlari to‘xtatilmagani, Jizzaxda qurilish talablarini buzgan bir qancha kompaniyalarga chora ko‘rilgani ma’lum qilingan edi.

    28.02.2021, 09:10   Izoh (0)   34272
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Maktab ‘avariyniy’ning ‘avariyniy’ holatida”. Deputat Tomdi tumanidagi qulab tushmaslik uchun temir bilan “chirmab” qo‘yilgan maktab haqida

    28.02.2021, 08:22

    O‘zbekistonda koronavirusning “britancha” shtammi bilan kasallangan ilk bemor sog‘aygani ma’lum qilindi

    27.02.2021, 23:47

    Chilonzordagi “Shovotlandiya” kafesiga o‘t qo‘ygan shaxs qo‘lga olindi

    27.02.2021, 23:37

    Farg‘onada dugonasining suratlarini turmush o‘rtog‘iga ko‘rsatmaslik uchun 1,5 ming dollar talab qilgan qizlar ushlandi

    27.02.2021, 22:55

    Chilonzordagi “Shovotlandiya” kafesiga o‘t qo‘yilgan, yong‘in oqibatida 5 kishi halok bo‘lgan — Toshkent shahar IIBB

    27.02.2021, 22:39

    Toshkentda tadbirkorning 1,9 mlrd so‘mini qo‘lga kiritgan firibgarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    27.02.2021, 22:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” videoreportaji: Ozodbek Nazarbekov Namanganda katta sahnaga qaytdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 00:10

    Tailandda budda rohibi o‘z hamkasbini otib o‘ldirdi

    Dunyo | 30 iyun, 23:55

    Shahrisabzda ikkita do‘kon yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:40

    Britaniyada ChatGPT tufayli ish o‘rinlari bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ldi

    Dunyo | 30 iyun, 23:25

    Yaponiyada qora ayiq tufayli aeroport faoliyati to‘xtab qoldi (video)

    Dunyo | 30 iyun, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:00

    “Operachi bo‘lish oson emas” — Aqlbek Piyazov italyan tilini o‘rgangani, musofirchilikdagi hayoti va eng ko‘p olgan gonorari haqida gapirdi (foto, video)

    Shou-biznes | 30 iyun, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.