Misrning shimolida joylashgan Kalyubiya provinsiyasining gubernatori Kafr-Shukr shahri obodonchilik departamenti direktorini bir nechta ko‘chaga turmush o‘rtog‘i va qarindoshlarining nomini berganidan keyin vazifasidan ozod qildi. Bu haqda el-Watan gazetasiga tayanib “RIA Novosti” xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mansabdor ayolning harakatlari qonunni qo‘pol ravishda buzish hisoblanadi, chunki ko‘chalarga nom berish haqidagi qaror mahalliy xalq kengashi yoki maxsus qo‘mita tomonidan qabul qilinadi. Oxirgi vaqtlarda Misr ko‘chalari jamoat arboblari yoki terrorizmga qarshi kurashda halok bo‘lgan harbiylar va politsiya xodimlari sharafiga nomlanmoqda.
Ko‘chalarni turmush o‘rtog‘i, uning ukalari va qaynotasi sharafiga nomlagan amaldor ayolning o‘zi ayblovlarni rad etib, shahar fuqarolaridan biri undan qasos olayotganini va shu tariqa taniqli bo‘lishga intilayotganini aytdi. Gap “ko‘chalar nomlari bilan bog‘liq inqiroz”dan keyin Kafr-Shukr shahrini “Sami Gamal shahri” deb o‘zgartirishni taklif qilgan Sami Gamal haqida ketmoqda. Gamalning so‘zlariga ko‘ra, u shu tarzda norozilik bildirgan.
Izoh (0)