Futbol bo‘yicha Fransiya chempionatining 26-turida 21-fevral, yakshanba kuni PSJ o‘z maydonida “Monako”ni qabul qildi.
Bahsda monakoliklarning qo‘li baland keldi. Uchrashuvning 6-daqiqasidayoq “Monako” yarim himoyachisi Sofian Diop jamoasini hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 51-daqiqada Gilyermo Maripan “Monako”ning ishonchli g‘alabasini ta’minladi. Qolgan daqiqalar gollarsiz o‘tdi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng Monako jamoasi ochkolar sonini 52 taga yetkazdi va turnir jadvalida 4-o‘rinni egallab turibdi. Maurisio Pachettino boshchiligidagi parijliklar 54 ochko jamg‘argan holda kuchli uchlikda bormoqda.
26-tur yakunlariga ko‘ra turnir jadvali shunday ko‘rinishga keldi:
Liga 1
26-tur bahsi
PSJ—“Monako” 0:2
Gollar: 0:1 – 6 Diop, 0:2 – 51 Maripan.
PSJ: Navas, Kimpembe, Florensi, Markinyos, Kurzava, Guye (Rafinya, 55), Errera (Verratti, 55), Paredes (Danilu Pereyra, 73), Ikardi (Draksler, 73), Mbappe, Kin.
“Monako”: Lekomt, Disasi, Maripan, Kayo Enrike, Agilyar (Sidibe, 80), Diop (Golovin, 80), Tchuameni, Fofana, Badiashile, Folland (Ballo-Ture, 90), Ben-Yedder (Yovetich, 71).
Ogohlantirishlar: Tchuameni (15), Guye (45), Kimpembe (50), Paredes (57), Mbappe (90).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)