“Ipak yo‘li” bankining Visa kartasi orqali kamida 100 AQSh dollarlik xaridlarni amalga oshirgan mijozlar Hyundai Elantra Active avtomobilini yutib olishi mumkin.

Joriy yilning sentabr oyida “Ipak yo‘li” AITB Visa kompaniyasi bilan hamkorlikda, asosiy sovringa Hyundai Elantra Active qo‘yilgan keng qamrovli “Avtomobil yutib olish – oson” aksiyasini boshladi.

“Ipak yo‘li”ning Visa kartalari orqali har oy 10 dollardan kam bo‘lmagan xaridlarni amalga oshirganlar quyidagi sovg‘alardan birini yutib olishi mumkin:

– mobil telefon;

– “aqlli” soatlar;

– naushniklar;

– Powerbank;

– portativ karnaylar;

– ko‘p funksiyali raqamli soatlar.

Yutuqli o‘yinlar har oyda bankning rasmiy Instagram sahifasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda o‘ynaladi. Aksiya g‘oliblarining ro‘yxati bank rasmiy saytining “Yangiliklar” bo‘limida e’lon qilinadi.

Muntazam ravishda oyiga 10 AQSh dollaridan kam bo‘lmagan xaridlarni amalga oshirgan Visa kartasi egalari, har oy aksiyada qatnashishi mumkin.

Bosh sovrin joriy yilning bahorida o‘ynaladi. Bankning 100 AQSh dollaridan kam bo‘lmagan xaridlarni amalga oshirgan barcha mijozlari Hyundai Elantra Active avtomobili o‘ynaladigan tanlov ishtirokchilariga aylanadi.

Tanlov 2021-yilning 31-mart sanasiga qadar davom etadi.

Visa kartasini ochish juda oddiy. Buning uchun Ipak yo‘li mobile ilovasini yuklab olish va kartaga buyurtma berish kifoya.

Batafsil ma’lumotni (+998 78) 140 69 00 telefon raqami orqali kechayu kunduz ishlaydigan aloqa markazi, sayt va Telegram orqali olish mumkin.

Reklama huquqi asosida.