“Manchester Yunayted” jamoasi yarim himoyachisi Brunu Fernandesh Yevropa Ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Portugaliyalik 26 yoshli futbolchi Yevropa Ligasining nimchorak finali dastlabki bahsida “Real Sosyedad”ga qarshi bahsda 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu uchrashuvda Manchester jamoasi javobsiz 4 ta gol urgan.
Ushbu nom uchun Fernandeshga quyidagi futbolchilar raqiblik qilgandi:
- Bruno Petkovich (“Dinamo Z”) — “Krasnodar”ga qarshi bahsda 2 ta gol;
- Garet Beyl (“Tottenhem”) — “Volfsberg”ga qarshi bellashuvda gol va golli uzatma;
- Munas Dabbur (“Hoffenhaym”) — “Molde”ga qarshi o‘yinda 2 ta gol va golli uzatma.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)