O‘zbekiston terma jamoasi va Xitoyning “Tyanszin Teda” klubi yarim himoyachisi Odil Ahmedov “Sports.uz” saytiga bergan intervyusida faoliyatini qaysi klubda yakunlashi va futboldan keyin nima bilan shug‘ullanishini aytdi.
Faoliyatimni “Navbahor”da tugatmoqchiman. Rahmatli otamning ham eng katta orzusi — faoliyatimni “Navbahor”da tugatishim bo‘lgan. Faoliyatimni yakunlaydigan vaqti kelsa, ota-onam uchun ham Namanganda tugatishim kerak.Ma’lumot uchun, Odil faoliyati davomida “Paxtakor” (2006—2011), “Anji” (2011—2014), “Krasnodar” (2014—2016) va “Shanxay SIPG” (2017—2020) kabi jamoalarda to‘p surgan.O‘zimning futbol akademiyam bor, ko‘proq e’tiborimni akademiyamga qaratishga harakat qilaman. Agar futbolda halollik bo‘lsa, qolaman. Bunday bo‘lmasa, umuman futboldan ketaman, yaqinlashmayman. Chunki o‘zimning boshqa bizneslarim bor. Shularning o‘zi menga yetarli. Futbol menga ko‘p narsa berdi, shuncha narsaga futbol orqali erishdim. Shuning uchun, futbolga qandaydir foydam tegishini xohlagan bo‘lardim.
Odil Ahmedov, futbolchi
Izoh (0)