O‘rta vazn toifasida harakat qiluvchi o‘zbekistonlik UFC jangchisi Mahmud Murodov (25-6) vazn toifasi haqidagi savollarga javob qaytardi.
Habib Nurmagomedov menga maslahat bergan va -77 kg (yarim o‘rta) divizionda osonroq bo‘lishini aytgandi. -84 kg (o‘rta vazn) divizionda o‘zimni juda qulay his qilaman. Sparringda yarim og‘ir, o‘rta va yarim o‘rta vazn toifasi vakillari bilan bellashaman hamda ularning hech biriga yutqazmayman.Murodov shu vaqtga qadar UFC’da uchta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘olib chiqqan. So‘nggi bor u UFC 257 musobaqasining asosiy kardida amerikalik Endryu Sanchesga (12-6) qarshi jang qilgan va uchinchi raunddagi texnik nokaut evaziga g‘alaba qozongandi. Shuningdek, Mahmud UFC’dagi debyut jangida italiyalik Alessio di Kirikoni (12-4) ochkolar hisobiga ko‘ra, ikkinchi jangida Trevor Smitni (15-10) uchinchi raundda nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratgan.Agar kerak bo‘lib qolsa, masalan, yaxshi raqib chiqib qolsa, ozishga tayyorman. Ba’zida Floyd Meyvezer menga yarim o‘rta vaznga o‘tishim kerakligini va u yerda Konor Makgregorga qarshi jang tashkil qilib berishini aytadi. Agar menga Konorga qarshi jang qilish taklif qilinsa, u holda vazn tashlayman. Bir tarafdan men taomlar shinavandasiman, vazn qilish uchun o‘zimni qiynashning nima kerak bor.
Mahmud Murodov, UFC jangchisi
Izoh (0)